Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon
@Tohirjon86
2. Salamin jangi
Femistoklning maslahati bilan yunonlar 200 ta harbiy kema – triyer qurishdi.
Bu harbiy kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o`tar,
o`sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olar edi.
Hal qiluvchi dengiz jangi miloddan avvalgi 480-yilda tor Salamin
bo`g`ozida bo`lib o`tdi. Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning
harbiy flotidan kuchli ekanligi ma`lum bo`ldi. Yengilganidan keyin
Kayxusrav (Kserks) flotning qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga
majbur bo`ldi.
Miloddan avvalgi 479-yilda forslar tag`in Afinani bosib olishga urinib
ko`radilar. Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Platey shahri yaqinida
fors qo`shinlarini tor-mor etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi oxirgi jang edi.
Eron shohi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u Old Osiyodagi barcha
yunon polislari mustaqilligini e`tirof etdi, yunonlarga qarshi harbiy harakat
olib bormaslikka va`da berdi.
16-BILET
1. Qadimgi Xorazm davlati haqida ma’lumot bering.
2. Marafon jangi haqida ma’lumot bering.
1. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasidan
mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar
hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o`lka aholisi
xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan.
Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib
taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi V–IV asrlarda bu
yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal`a bunyod etilgan
edi (Qal`aliqir shahri xarobalari).
Miloddan avvalgi III–II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik
davlatlari – Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham
kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim
omil bo`ldi. Jonbosqal`a va Qo`yqirilganqal`a yodgorliklari ana shu
madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqal`a xarobalari ostidan aylana
shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |