6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Miloddan avvalgi 338-yil 2-avgustda


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

2. Miloddan avvalgi 338-yil 2-avgustda yunonlar va makedonlarning 
asosiy kuchlari Xeroney shahri yaqinidagi Beotiyda to`qnashadilar. 
Qo`shinlar 
son 
jihatdan 
teng 
edi. 
Ammo 
yunonlar 
qarshisida 
Makedoniyaning erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi ta`lim ko`rgan 
lashkarlar turar edi. Yunonlarning qo`shinlari esa ma`lum haq evaziga jang 
qiluvchi yollanma askarlar va fuqarolarning durust ta`lim ko`rmagan 
to`dalaridan iborat edi. 
Qattiq jang uzoq davom etadi. Xiyla manyovr qo`llagan makedonlar g`alaba 
qozonadilar. Makedonlar chekina boshlaydilar. G`alaba qilayotganiga ishona 
boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo`shinlari 
shunda ikki bo`lakka ajraladi. Ana shu bo`laklardan biriga Filipp II ning 
o`g`li Aleksandr qo`mondonlik qilayotgan suvoriy qo`shinlar qaqshatqich 
zarba beradi. Yunon qo`shinlarning boshqa bir bo`lagi chekina boshlaydi va 
tor-mor etiladi. Jangda yunonlarning aksariyati halok bo`lgan edi. «Xeroney 
yonidagi jangda, – deb yozadi o`sha zamonda yashagan muallif, – halok 
bo`lganlar jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi va erki ham dafn 
etilgan edi». Mag`lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo`lib 
qoldi. 
Yunoaistonning Makedoniyaga bo`ysundirilishi miloddan avvalgi 338-
yilda Xeroney yaqinidagi mag`lubiyatdan so`ngra ro`y berdl. 
 
18-BILET  
1. Sparta shahar-davlati.
2. Rim imperiyasining qulashi haqida ma’lumot bering.
1. Miloddan avvalgi X asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga 
ko`chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni 
bo`ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Miloddan avvalgi VIII asrda 
ular Meseniyani ham bo`ysundirdilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan 
biriga aylandi. Boshqa yunon davlatlaridan farqli o`laroq, spartaliklar qulga 
aylantirgan ilotlar ham aslida yunonlar bo`lib, ular bilan bir tilda so`zlashar 
edi. Ilotlar qo`ldan ketgan ozodlik va yerlari uchun kurashni hech mahal 
to`xtatmadilar. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling