6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal`a


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal`a shahrida bundan ham ulug`vor va 
muhtasham qurilish ishlarii amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa 
devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan 
o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yonatrofga ko`chalar 
ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda 
muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. 
Ko`zaliqir, Jonbosqal`a, Qo`yqirilganqara va itproqqal`a Xorazmning 
qadimiy shaharlaridir. 
Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, 
mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida 
devor yonidagi balandlikda chordona qurib o`tirgan holatdagi 20 dan 
ko`proq sopol haykalchalar o`rnatilgan edi. 
Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj 
topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblari, qurollar, zargarlik buyumlariga 
talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi Sug`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va 
sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu 
o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Miloddan avvalgi I asrda va 
milodning dastlabki asrlarida Xorazmda kumush va mis tangalar zarb 
qilingan. 


Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. 
Bular Oybo`yirqal`a (miloddan avvalgi V–IV asr-lar) yodgorligidan xum 
sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal`adan (miloddan avvalgi IV–III 
asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. 
Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan 
xorazmliklar VIII asrga qadar foydanishgan. 
2. Miloddan avvalgi 490-yilning sentabrida fors harbiy floti Egey dengizini 
kesib o`tdi va Attika sohilida langar tashladi. Forslarning kemalari 
beso`naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o`q-yoylar bilan 
qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar. Bu tekislik otliq 
lashkar harakatlanishi uchun qulay edi, forslar aynan shu yerda jang olib 
borishga qaror qilishdi. Yunonlar forslarga qaraganda ancha oz edi, shuning 
uchun ham fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyalarga o`rnashib oldilar. 
Yunonlar lashkari forslarni Attika ichkarisiga boradigan yo`llardan to`sib 
qo`ydi. Ammo ochiq jangga kirishdan cho`chir edilar. Bir hafta o`tdi. Forslar 
ayyorlik qilishdi. Tunda ular otliq qo`shinlarni kemalarga yukladilar, 
Attikani aylanib o`tdilar, kutilmagan zarba bilan Afinani bosib olishga qaror 
qildilar. Yunon qo`shinlariga sarkardalik qilgan Miltiad ertalab bo`lib o`tgan 
voqeadan xabar topganidan so`ng Marafon vodiysida qolgan fors 
qo`shinlarini tor-mor qilib tashlashga ahd qildi. Yunon piyoda jangchilari 
falanga bo`lib safga tizildilar. Forslar uning O`rtasini yorib o`tdilar. Biroq 
yunon falangalarining ikkala chekkasida joylashgan kuchli otryadlar 
forslarni tumtaraqay qochishga majbur qildi. 
Ayni mahalda yunonlar tekislikda qolgan fors qo`shinlarining orqasidan 
ichkariga kirib boradilar. Asir tushishdan cho`chib ketgan forslar o`z 
kemalariga qarab yugurishga tushdilar. Yunonlar hal qiluvchi jangda 
forslarning yettita kemasini egallab oldilar. Forslarning qolgan qo`shinlarini 
esa tor-mor etdilar yoki asirga oldilar. Yunonlar g`alaba nashidasini surar 
edilar. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling