1. 1. Eron janubida, Fors ko`rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati –
qadimgi forslar o`rnashgan o`lka joylashgan edi.
Miloddan avvalgi 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir
II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini
bo`ysundirganidan so`ngra Kir II ulkan lasilkar jamladi va bosqinchilik
yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi
(miloddan avvalgi 539-yil). Eronliklar O`rtayer dengizi sohiliga chiqdilar,
Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O`rta Osiyoga, shaklar
va massagatlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi.
Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Dorol ham davom
ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda
kengaytirdi.
Doro I ning islohotlari
Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (miloddan avvalgi- 522-486-
yillarda hukmdor) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib
olingan barcha mamlakatlarda qo`zg`olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar
vakili zabardast Doro I ularni bostirishga kirishdi.
Doro I butun mamlakat uchun «doroyi» deb nomlangan yagona oltin tangani
muomalaga kiritdi. Persepoldan O`rtayer dengiziga qadar «shohroh» degan
podshoyi savdo yo`li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni
«satrap» deb nomlangan alohida harbiy okruglarga taqsimladi.
Doro I Qora dengiz bo`ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I
ning Old Osiyo va Frakiyadagi yunonlar koloniyalari bosib olishi yunon-fors
urushlari boshlanib ketishiga maydon hozirladi. Doro I hukmronligi davrida
Hindiston shimolidan O`rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan saltanat
barpo etildi.
2. Mazlum qullar o`z zolim ezuvchilaridan nafratlanar, turli yo llar bilan
ularga ziyon-zahmat yetkazishga intilar edi. Rimlik quldorlar behudaga:
Do'stlaringiz bilan baham: |