6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon @Tohirjon86 Qo`zg`olonchilar bilan forslar qo`shinlari O`rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522-yilda bo`ladi. Fradaning o`zi asirlikka olinadi va milod-dan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma`lumot Behistun bitiklarida uchraydi. Hukmronligining uchinchi yilida (miloddan avvalgi 519-yil) Doro I shaklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida Behistun bitiklarida shunday deyilgan: «Shoh Doro ayturki: keyin qo`shin bilan shaklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o`tkir kuloh kiyib yuruvchi shaklar jangga kirdilar. Men daryodan o`tgach, shaklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim... Ularning Skunxa degan sardorini qo`lga tushirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men ularga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo`lishini xohladim. So`ngra bu mamlakat menga tobe` bo`ldi». Ayni mahalda bu yurish haqida tarixchi Poliyen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Shaklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga shak qabilasidan cho`pon Shiroq keladi, u fors qo`shinlarini o`zidan boshqa hech kim bilmaydigan so`qmoq bilan shaklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho`li biyobon bo`ylab yetti kun yo`l bosishgach, tash-nalikdan do`zax azobini chekayotgan forslar o`zlarining aldanganliklarini sezadilar. Forslar jasur cho`ponni chopib tashlaydilar, Doro I ning shaklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. 20-BILET 1. Qadimgi Italiya tabiiy sharoiti va aholisi. 2. Xristianlikning vujudga kelishi haqida ma’lumot bering. 1. Apennin yarimorolida iqlim iliq bo`lib, yil bo`yi yomg`ir ham bir maromda yog`ar edi. Italiyada qurg`oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo`lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo`1-ko`lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko`p asrlar davomida Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik bo`lgan. Tog`lar mamlakat o`lkalarini bir- biridan ajratmas, shuning uchun ham Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar birga yashashar edi. «Italiya» so`zining o`zi esa yunonchadan «buzoqchalar o`lkasi» tarzida tarjima qilinadi. Koloniya qurgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o`tlatish uchun ajoyib o`tloqlarni birinchi bo`lib topgan edilar. Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbayi Po daryosidir. Apennin yarimorolining barcha qabilalari italiylar deb nomlangan. Ular orasida lotiniylar, samniylar va sabiniylar ko`pchilikni tashkil etgan. Kelib chiqishi bobida ular yunonlarga yaqin qarindosh bo`lishgan. Italiyaning g`arbiy qismida Kichik Osiyodan bu mamlakatga kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lgan. Miloddan avvalgi VIII asrga kelib ular Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi.Miloddan avvalgi VII asrda Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar. Karfagen mamlakati ham ularga qo`shildi. Avvaliga karfagenlar va etrusklar g`alaba qozonishdi, ammo ko`p o`tmay yunon qo`shinlari ularni quruqlik va dengizda tor-mor qiladi. Shu taxlit,Italiya hududida mavjud bo`lgan etrusk sivilizatsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko`plab yutuqlariga Rim aholisi munosib voris bo`ldi. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling