Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon
@Tohirjon86
«Qullar qancha bo`lsa, dushmanlar shunchadir», deyishmagan.
Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy
va uyushgan qo`zg`olonlardan biri bo`lgan.
Rim armiyasidagi a`lo xizmatlari uchun Kapuada shahridagi gladiatorlik
maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak miloddan avvalgi 74-
yilda boshlangan qo`zg`olonga rahbarlik qildi. U qullarni qo`zg`olon
ko`tarishga tayyorladi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi.
Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum
qiladilar va turmadan qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish
imkoniyati bo`lmagani sababli ular Vezuviy tog`idagi qoyalarga chiqib
oladilar. Asta-sekin egasidan qochgan boshqa qullar ularga kelib qo`shila
boshladi, qo`zg`olon ko`targanlar safi kengaydi. Ko`p o`tmay ular 10 ming
kishiga yetdi.
Qo`zg`olon ko`targan qullarni tor-mor etishga jo`natilgan uch ming askarlik
qo`shin Vezuviy cho`qqisi yaqinida o`rda qurdi.
Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi.
Qullar uzum novdalaridan narvon to`qib, ko`rinmaydigan tarafdan
cho`qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba
bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo`zg`olon ko`targanlar orasida ixtilof
paydo bo`ldi. Ko`pgina qullar mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-
mor etishga va o`z quldorlaridan qasos olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko`p ming
sonli qo`shin jo`natildi.
Miloddan avvalgi 71-yilning bahorida ro`y bergan hal qiluvchi jangda
Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o`zi esa ana shu jangda halok bo`ldi.
Bir necha ming asirlar xochlarga mixlab osildi. Qo`zg`olon ko`targanlarning
alohida to`dalari esa tag`in 10 yil kurashni davom ettirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |