6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
 
26-BILET  
1. Midiya davlati haqida ma’lumot bering.
2. Kir II ning massagetlar hududiga bostirib kirishi.
1. Miloddan avvalgi IX asrda Kaspiy dengizida janubi g`arbda joylashgan Midiya podsholigi 
vujudga keldi. Miloddan avvalgi VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya 
qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan 
ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi. 
2. Miloddan avvalgi VI asr O`rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo`lgan 
Ahamoniylar tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya 
barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II hukmronligi davrida Midiya, Lidiya (Kichik 
Osiyo) va Bobil (Mesopotamiya) bosib olindi. Muvaffaqiyatlardan quturgan Kir II O`rta 
Osiyoga lashkar jo`natdi. U O`rta Isiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko`rgan ilk fors 
podshosi bo`lgan. Miloddan avvalgi 545 va 540-yillar oralig`ida u Parfiya, Marg`iyona va 
Baqtriyani bosib oldi. Miloddan avvalgi 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar 
ustiga yurishga otlandi. 
Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to`g`risida «tarix otasi» Gerodot hikoya 
qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning podsho-hokimasi 
To`maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni 
rad etdi va Amudaryo-dan kechib o`tishni boshlash to`g`risida buyruq beradi. 
Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to`g`risida shunday hikoya 
qiladi: «Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog`i edi. Avval har ikki dushman kuchlar 
bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o`q yog`dirishdi. O`qlari tugagach, ular 
qo`llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom 
etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko`p qon to`kildi. Nihoyat, massagetlarning 
qo`li baland keldi. Fors qo`shinlarining ko`pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o`zi 
ham halok bo`ldi». 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling