27-BILET
1. Yangi Bobil podsholigi.
2. Spartak qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering.
1. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga erishadi. Bu hukmdor
Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo`shib oladi,
Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo`ysunmas qal`aga aylantiradi.
Navuxodonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g`isht ishlatish
to`g`risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning sakkizta darvozasi bo`lgan,
ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha
Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo`lgan, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy
naqshinkor tosh-taxtalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar
Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Eron davlati tarkibiga
kiradi.
Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr
vafotidan so`ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi l26-yilda
Bobilni endi Parfiya hukmdorlari bosib oldi. Parfiya hukmdorlari davrida butun Bobil
tanazzulga yuz tutdi.
2. Mazlum qullar o`z zolim ezuvchilaridan nafratlanar, turli yo llar bilan ularga ziyon-
zahmat yetkazishga intilar edi. Rimlik quldorlar behudaga: «Qullar qancha bo`lsa,
dushmanlar shunchadir», deyishmagan.
Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan
qo`zg`olonlardan biri bo`lgan.
Rim armiyasidagi a`lo xizmatlari uchun Kapuada shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib
yuborilgan frakiyalik qul Spartak miloddan avvalgi 74-yilda boshlangan qo`zg`olonga
Mingbuloq tumani 13-maktab
Do'stlaringiz bilan baham: |