6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
tajribalari va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko`kka 
sovurildi. Karfagen turgan joy esa Senat qaroriga ko`ra qarg`ish tekkan deb e`lon qilindi. 
Bu yerda uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug`ullanish taqiqlangan edi. Shunday 
qilib, miloddan avvalgi 146-yilda Karfagen batamom vayronaga aylantirildi. Rim 
qo`shinlari g`alaba, talangan o`lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldi. 
24-BILET  
1. Rim respublikasi.
2. Yunon-fors urushlari haqida ma’lumot bering.
1. 1. Rim podsholari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirar 
edilar. Xalq majlisi urush e`lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni qabul qilar va bekor etar, barcha 
muhim mansabdor shaxslarni saylar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlar edi, 
lotinchadan tarjima qilganda «senat» so`zi «oqsoqollar kengashi» degan ma`noni anglatadi. 
Senatorlarning avlodlari patritsiylar, Rimning oddiy xalqi esa plebeylar deb nomlangan. Rim 
boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. Miloddan avvalgi VI asr oxirida Rim 
davlati Respublika deb yuritila boshladi. 
Italyanchadan tarjima qilganda «respublika» so`zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma`nolarni 
anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). Aslida esa Rim respublikasi boshqaruvida faqat 
zodagon quldorlar ishtirok eta olardi. 
Davlatga xizmat qilish evaziga haq to`lanmagani sababli qashshoq kishi, deylik, konsul bo`la 
olmasdi. Saylovlarni tashkillashtirish uchun katta pul talab etilardi. Badavlat quldorlar turli 
yo`llar bilan saylovchilarni o`z tarafiga og`dirar, masalan, bepul tushlik uyushtirar, sovg`a-
salom tarqal`ar va shunga o`xshash ishlarni amalga oshirar edilar. 
Saylov kuni konsullikka o`z nomzodini qo`ygan badavlat quldorlar «kandida» deb ataluvchi 
oqharir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat» (nomzod), ya`ni qandaydir lavozimni 
egallashga harakat qiluvchi shaxs ma`nosini beruvchi so`z ham «kandida»dan kelib chiqqan. 
Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosiday toza va pokiza ekanligini bildirib turar edi. 
Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo`lgan. Birorta ham qonun Senatda muhokama 
etilmasdan Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi. Asosiy mansabdor shaxslar – konsullar 
esa bevosita davlatni boshqarar edilar. Mabodo qadim zamonlarda eng tajribali va hurmatli 
kishilar Senatda o`rin egallagan bo`lsa, vaqt o`tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda 
o`rin egallab oladigan va uning umrbod a`zosiga – senatorga aylanadigan mavqega erishdilar. 
Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo`zg`oloni ro`y berganda diktator va uning o`rinbosari 
– otliq qo`shinlar boshlig`i tayinlanar edi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo`lgan. 
Ammo u hokimiyatda olti oydan ko`p tura olmas edi. 
2. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik
qilayotgan Eron yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. Forslarning 
Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular miloddan avvalgi 490-
yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan. 
Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo`lishdi, ular: «Bizning 
hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning 
birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi. 
Yunon-fors urushlari miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan. 
Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko`rsatishning sira iloji yo`q deya 
hisoblashar, shahanshoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va Sparta 
bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Eron elchilari Afinaga kelganda, shahar aholisi 
g`azabdan ularni o`ldirib, qoyadan otib yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab 
yuborgan spartaliklar esa zaharxanda bilan: «Yetarlicha suvni ham, yerni ham quduq tubidan 
topasizda!» deyishgan ekan. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling