Maroqandning bosib olinishi
Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Amudaryodan o`ta
boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to`siqdan o`tib oldilar. Qo`shinlar qarshisida esa
Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqand turar edi.
Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Maroqandni egalladilar.
Aleksandr qo`shinlarning bir qismini qoldirib, o`zi esa Qurushkat (Kiropolis) shahrini bosib
olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdlaryo qirg`oqlari sari keta boshladi. Rivoyatga ko`ra, bu
shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan.
Sug`diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko`tarildi. Tez orada sug`diylarga
baqtriyaliklar, shak va massagetlar qo`shiladilar. Qo`zg`olonga iste`dodli rahbar va
qo`mondon Spitamen boshchilik qiladi.
Ancha qo`shin to`plagan Spitamen Maroqandni qurshovga oldi. Aleksandr qamalda
qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo`shin jo`natadi. Qadimda
«Politimet» dab ham atalgan Zarafshon daryosi bo`yida makedonlarga pistirma qo`ygan
Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o`zi
qo`zg`olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan
xabar topgan Spitamen qamalni to`xtatadi, o`z qo`shinlarini sahro sari boshlab ketadi.
Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo`yidagi, Xo`jand yaqinida
bir tayanch manzili barpo etish to`g`risida buyruq beradi. Bu qal`a Aleksandriya Esxata (Uzoq
Aleksandriya) deb ataldi.
Aleksandr Maroqandda garnizon – himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo`shinlari bilan qishlov
uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo`nadi. O`sha yilning bahorida Aleksandr qo`zg`olonni bostrish
chorasini ko`radi. O`z lashkarlarini uch qismga bo`lib, Sug`diyonaning u boshidan bu
boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |