6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
Miloddan avvalgi 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo`lib
Mingbuloq tumani 13-maktab Sobirov Tohirjon @Tohirjon86 o`tdi. Kuchlar teng bo`lmaganidan Spitamen yengilib, tag`in cho`lga chekinadi. O`sha yerda ko`chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o`ldiradilar. 2. 2. Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo`lib qolgan, o`z yer uchastkasidan ajragan ko`plab qashshoqlar, shuningdek, boshpanasiz yupun va och odamlar paydo bo`la boshladi. Ular nima bilan mashg`ul bo`lishi kerak? Ro`zg`orni qanday boqish kerak? Ulardan ko`pchiligi vatanni tark etishga, yot o`lkalarda baxtini sinab ko`rishga majbur bo`lgan edi. Yunon savdogarlari kemalarda dengiz ortidagi o`lkalarga tez-tez borib turardilar. Ular O`rtayer dengizi sohillarida egasiz yotgan serunum yerlar haqida zavq-shavq bilan hikoya qilib berardilar. Kasodga uchragan dehqonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydilar. Bir necha yuzlab, asosan qashshoq va yersiz dehqonlar to`planishadi. Kemani tayyorlashda ularga davlatning o`zi yordam beradi, negaki oldinda olis va mashaqqatli yo`l turar edi. Shahar ma`murlari ko`chib ketayotganlarga yordam berdilar. Ular yo`lga jo`nab ketayotganlarga sho`r baliq, un, zaytun yog`i, mehnat qurollari va zaxira yelkanlar berishdi. Shuningdek, dengiz yo`llarini yaxshi biladigan va ko`chib ketayotganlar boradigan joylarda bo`lib qaytgan yo`1 ko`rsatuvchi ham ajratildi. Badavlat quldorlar norozi odamlarning hammasi Yunonistonni umrbod tark etishi uchun odamlarni ko`chirishga katta mablag` sarflashga qarshi emasdilar. Jo`nab ketish oldidan yunonlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashgan. O`zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to`qilgan savatchalarda olov ham olishgan edi. Yo`l bo`yi uni asrab borishadi va unga yangi o`choq ham qurib berishadi. Bu jonajon o`choq olovi edi, bu olov ularni haddan tashqari uzun va sovuq qish kechalarida isitadi. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi ham edi. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling