6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

 
Karfagenning vayron etilishi 
G`arbiy O`rtayer dengizida birdan-bir xo`jayinga aylanish uchun rimliklar Karfagen bilan 
janglarga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Rimliklar karfagenliklarga ikki tomondan zarba 
berishga qaror qilishdi. Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, 
boshqasi esa Karfagenni bosib olishi kerak edi. BiroqGannibal barcha rejalarni 
chalkashtirib yubordi. o`tib bo`lmasdek tuyulgan tog`lardan oshgan Gannibal Italiya 
hududiga bostirib kirdi va miloddan avvalgi 216-yilda Kann yaqinidagi jangda 
rimliklar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bu jangda 70 ming rimlik legionar halok 
bo`ldi. Mag`lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglardan o`zini tiya
boshladi.Italiya aholisi Gannibalni qo`llab-quvvatlamadi, chunki Karfagan yollanma
qo`shinlari mamlakatni talon-toroj qilib tashlagan edi. Urush 15 yilga yaqin davom etdi, 
rimlik sarkarda Ssipion kutilmaganda qo`shinlari bilan Afrika qirg`og`iga kelib tushganda 
Gannibal Karfagenni himoya qilishga oshiqdi, ammo miloddan avvalgi 202-yilda uning 
lashkari rimliklar tomonidan tor-mor etildi. Miloddan avvalgi 183-yilda uzoq surgunda 
yurganida, rimliklarga topshirish uchun tutishga urinishganida Gannibal zahar ichadi. 
Rim G`arbiy O`rtayer dengizida mutlaq hokimga aylanadi. Suriya va Makedoniyani bosib 
olgandan keyin rimliklar Karfagenni bosib olishga qaror qiladilar. 
Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida uchinchi Puniya urushi bo`ldi. Rimliklar 
Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo`zg`aldi. 
Puniya urushlari O`rtayer dengizi hukmronligi uchun Rim bilan Karfagen 
O`rtasidagi bo`lgan urush. Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida Karfagenning 
mag`lubiyati bilan tugadi. 
Karfagen shahri aholisi ikki yil o`z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. 
Rimlik legionerlar bir hamla bilan uylarni birma-bir bosib olishar, yo`lda uchragan 
narsani talashar va o`t qo`yishar edi. Karfagen o`n yetti kun o`t ichida qoldi. Xalq 



Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling