Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon
@Tohirjon86
quruvchilar boshqa ko`prik
qurishdi, yetti kecha-kunduz ichida fors
qo`shinlari narigi qirg`oqqa o`tdi.
Yunoniston sarhadiga kechib o`tgan Kserks lashkari
shaharlarni birma-bir
bosib ola boshladi. Yunonlar ular bilan ochiq jang qilishdan cho`chishgan
edi.
Tog`lardagi
Fermopil kamari Yunoniston shimolidan janubiga olib
boradigan birdan bir yo`1 edi. Yunonlar o`sha joyda pistirma qo`yishga
qaror
qilishdi, ammo forslarga tog`lar orqali yo`lni ko`rsatib bergan bir
sotqin chiqib qoldi. Kayxusrav (Kserks) qo`shinlari
Janubiy Yunonistonga
yetib bordi, yunonlar qo`shinlarini aylanib o`tib, Fermopilni egallab oldi.
Fermopil jangl miloddan avvalgi 480-yilda bo`ldi.
Endi Afina yo`li ochiq edi. Aholining ko`pchiligi shaharni tashlab ketadi,
Salamin oroliga o`rnashib oladi. Forslar Afinaga kirib borganlarida qarshilik
ko`rsatishga harakat qilgan bir hovuch dovyuraklarnigina topdi, xolos. Ular
bitta qo`ymasdan
qirib tashlandi, shahar esa Kserks amri bilan yondirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: