6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

 
8-BILET  
1. Davan davlati haqida ma’lumot bering.
2. Yunon koloniyalarining tashkil topishi.
1. Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o‘lka shu nom bilan tilga olinadi) taxminan, mil. 
avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan. 
Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo‘ldilar, biroq ularning 
harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Davan davlatining poytaxti 
Ershini qo‘lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to‘lashi 
evaziga uni tashlab chiqishgan. 
Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda 
muhim o‘rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko‘proq Farg‘onaning zotli otlari qiziqtirardi. 
Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. «Samoviy otlar» 
baquvvat va chopqir bo‘lgan. 
Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p 
sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko‘rgan qurolli kuchlariga ega bo‘lgan Davan 
mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy 
etgan davlatga aylangan. Davan davlatining Sho‘rabashatUchqo‘rg‘on singari shaharlari 
atrofi dagi aholi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum 
yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. 
Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham topgan. 
2. Yunon koloniyalarining tashkil topishi 
Yunonistondan ko`chib kelganlar Italiya, Sitsiliya sohili va Apennin yarimoroli janubiga 
o`rnashdilar. Avvaliga yunonlar bu hududda savdogarlar sifatida paydo bo`lishgan. 
Ularning manzilgohlari O`rtayer va Qora dengiz bo`ylarida ham vujudga keldi. Asta-
sekin yunonlarning vaqtinchalik manzilgohlari Yunoniston shahar-davlatlariga o`xshab 
ketuvchi doimiy maskanlarga aylanib bordi. Bu shaharlarda savdo-sotiq va 
hunarmandchilik ravnaq topdi. Ko`chgan yunonlar o`z hukumatini tuzdilar, lashkar 
tashkil qildilar va o`z qonunlarini chiqardilar. 
Aksariyat koloniyalar mustaqil quldorlik davlati bo`lgan. Ularning aholisi Yunoniston 
polislari bilan doimiy aloqada bo`lgan. Yunonlar o`zini yagona xalq – ellinlar deya his 
etishar, o`z vatanini esa Ellada deya atashar edi. Yunonlar o`zlarini «varvarlar»ga qarshi 



Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling