Xudolari
Zardushtiylikning zo`r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va
Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug` va donishmand oliy xudosi hisoblana-
di. Mitra – Quyosh va yorug`lik xudosi, dehqonlar va chor-vadorlarning hosil, farovonlik
va moldavlat bag`ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramazda va odamlar O`rtasida bosh
vositachi bo`lgan. Mitra o`spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan.O`tli chaqmoqlar
yordamida u yovuzlik va o`lim xudosi bo`lmish Ahriman bilan jang qiladi. Yomg`irdan
keyin hosil bo`ladigan kamalak Mitraning o`q uzayotgan yoyidek egilgandir. Anaxita
zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan.
7-BILET
1. Yunon-Baqtriya davlati haqida ma’lumot bering.
2. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
Yunon-Baqtriya davlati
Miloddan avvalgi III asr O`rtalarida Baqtriya Savlakiylar davlati tarkibidan ajralib
chiqadi. Antik davr tarixchilari xabar berishicha, Diodot – mingta Baqtriya shahri
hukmdori o`zini podsho deb e`lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi
boshlanadi. Miloddan avvalgi 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan
Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi
tarkibiga Sug`diyona va Marg`iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada
hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o`tdi. Yevtidemning
o`g`li Demetriy hukmronligi davridla (miloddan avvalgi 199–167-yillar) Yunon-Baqtriya
podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindiston yerlarining bir qismi bu davlatga
qo`shib olingan edi.
Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni
kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur ediki, bu hol
uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuejey qabilalari
Do'stlaringiz bilan baham: |