6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


O`rta Osiyo hududida miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan eng  qadimgi davlat birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

2. O`rta Osiyo hududida miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan eng 
qadimgi davlat birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir. Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari hududida qadimgi dehqonchilik 
viloyatlari ajralib chiqa boshladi. Bu viloyatlarning markaziy shaharlari 
Qiziltepa, Yerqo`rg`on, Uzunqir va Afrosiyob shahar xarobalari o`rnida 
joylashgan edi. Bular arxeologlar tomonidan O`zbekiston hududidan 
topilganeng qadimgi shaharlardir. Ularning yoshi 2700 yildan kam emas. 
Tag`in bir davlat esa Xorazm vohasi hududida tashkil topdi. Bu davlat 
Xorazmdan tashqari yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm 
markazlaridan biri Ko`zaliqir shahri bo`lgan.Ko`zaliqir shahri qalin va 
mustahkam mudofaa devori bilan o`ralgan. Bunday markazlar
atrofida ko`plab dehqonlar qo`rg`onchalari, bog`lar va dalalar joylashgan 
edi. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlangandi. 
Mahalliy kulollar, qurolsozlar va zargarlar yasagan buyumlar Xorazmdan 
yiroq mamlakatlarda ham dong taratgan edi. Shaharlarda savdo-sotiq qizg`in 
kechgan. Xorazmliklar mohir quruvchi, hunarmand va dehqon bo`lishgan. 
Qadimgi Baqtriya davlati miloddan avvalgi VII asrda vujudga keldi. 
O`zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar: Yerqo`rg`on, Afrosiyob, 
Uzunqir, Ko`ktepa, Qiziltepadir. 
Shunday qilib, miloddan avvalgi VII–VI asrlarda ilk temir davriga o`tilishi 


Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
bilan O`zbekistonda dastlabki yirik davlatlar vujudga keldi, shaharlar barpo 
etildi, dehqonchilik, hunarmandchilik va dehqonchilik jadal sur`atlar bilan 
rivojlandi. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy muno-
sabatlar o`rnatilgan edi. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling