6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Fermopil jangl miloddan avvalgi 480-yilda bo`ldi


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Fermopil jangl miloddan avvalgi 480-yilda bo`ldi. 
Endi Afina yo`li ochiq edi. Aholining ko`pchiligi shaharni tashlab ketadi, Salamin oroliga 
o`rnashib oladi. Forslar Afinaga kirib borganlarida qarshilik ko`rsatishga harakat qilgan 
bir hovuch dovyuraklarnigina topdi, xolos. Ular bitta qo`ymasdan qirib tashlandi, shahar 
esa Kserks amri bilan yondirildi. 
3-BILET  
1. Bobil podsholigi.


Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
2. Buyuk Xitoy devorining qurilishi.
1. Bobil - «xudolar darvozasi» 
 
Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik 
qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o`ringa ega bo`lib, Frot va Dajla 
daryolari o`zanlari deyarli bir-biriga qo`shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. 
Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar bu shaharga qo`nib 
o`tishar edi. «Bobil» so`zining o`zi esa «Xudolar darvozasi» degan ma`noni anglatadi. 
Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo`lgan. Bobilning bosh 
ko`chasi g`alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dehqonchilik, 
hunarmandlik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o`zaro urushlar 
bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun 
Mesopotamiyani 
yagonadavlatga birlashtirishga muvaffaq bo`ladi. Xammurapi 
hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. 
Yangi Bobil podsholigi 
 
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga erishadi. Bu 
hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo`shib oladi, 
Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa bo`ysunmas qal`aga 
aylantiradi. Navuxodonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan 
g`isht ishlatish to`g`risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning sakkizta 
darvozasi bo`lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar 
edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo`lgan, hayvonlar va 
qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor tosh-taxtalar bilan bezatilgan. Eronliklar 
lashkari 539-yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab 
Yangi Bobil podsholigi Eron davlati tarkibiga kiradi. 
Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Makedoniyalik Aleksandr 
vafotidan so`ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi l26-yilda 
Bobilni endi Parfiya hukmdorlari bosib oldi. Parfiya hukmdorlari davrida butun Bobil 
tanazzulga yuz tutdi. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling