6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi 627-yilda
- Kserks
- Fermopil kamari
avvalgi XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o`z
ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishadi. Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan dayrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi. Iyerusalim (Quddus) shahrini bosib olgan ossuriyaliklar qal`a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketadilar. Hukmdorlarning haddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani «qonga botgan shahar» yoki «sherlar darasi» deya ta`riflashgan. Yurishlarda talab tortib olingan hamma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug`vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to`lib ketgan edi. Oshshurbanapal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo`lgan kutubxona jamlangan edi. Asta- sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Miloddan avvalgi 627-yilda dastlab Bobil, so`ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. So`ngra Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani zabt etishdi. Miloddan avvalgi 605-yilda Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlagandan keyin bu davlat ham zavolga yuzlandi. Ossuriya davlati miloddan avvalgi XX asrda vujudga keldi; miloddan avvalgi XIII asrda ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishdi; miloddan avvalgi VII asrda tarix sahnasidan keldi. 2. O`z qo`shinlari mag`lubiyati to`g`risidagi xabarni eshitgan Doro I buni tasodifiy bir hodisa deb bildi, yangi urushga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Yangi urishga tayyorgarlik ketayotganda Doro I vafot etdi. Qo`shinlarni Yunonistonga uning o`g`li Kserks boshlab keldi. Bu voqea miloddan avvalgi 480-yilda, ya`ni Marafon jangidan roppa-rosa o`n yil keyin ro`y berdi. Kserks jangchilari shu qadar ko`p bo`lganki, ularni hisoblashga uringan ro`yxat tuzuvchi munshiylar har daf a sanoqdan adashib ketishar edi. Forslar qo`shinlari turli-tuman qabilalardan tashkil topgan, qurol-aslaha va jang qilish usullari bir xil emasdi, muhimi, ko`pchilik jangchilarda urushdan manfaatdorlik hissi bo`lmagan. Kserksning ulkan lashkari Sard shahridan yo`lga chiqib, Gellespont bo`g`oziga yetib keldi. Kserksning buyrug`i bilan bir kilometrdan uzun ko`prik qurildi. Ammo ko`prik qurib bo`linganida qattiq bo`ron qo`zg`alib, uni buzib tashladi. Qahr-g`azab otiga mingan Kserks itoatsiz dengizni qamchilab jazolash, quruvchilarni qatl etishga farmon berdi! Yangi kelgan quruvchilar boshqa ko`prik qurishdi, yetti kecha-kunduz ichida fors qo`shinlari narigi qirg`oqqa o`tdi. Yunoniston sarhadiga kechib o`tgan Kserks lashkari shaharlarni birma-bir bosib ola boshladi. Yunonlar ular bilan ochiq jang qilishdan cho`chishgan edi. Tog`lardagi Fermopil kamari Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo`1 edi. Yunonlar o`sha joyda pistirma qo`yishga qaror qilishdi, ammo forslarga tog`lar orqali yo`lni ko`rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Kayxusrav (Kserks) qo`shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi, yunonlar qo`shinlarini aylanib o`tib, Fermopilni egallab oldi. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling