6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Download 179.84 Kb.
bet52/53
Sana13.10.2023
Hajmi179.84 Kb.
#1701498
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org

26.2. Xona o‘simliklari
Xona o‘simliklari turli maqsadlarda, shu jumladan, xushmanzara va dorivor o‘simlik sifatida ko‘proq ekiladi. Lekin bular orasida mevasi uchun ekitadigan limon, apelsin kabi o‘simliklar ham kam emas. Xona o‘simliklaridan, ayniqsa, aloe va kolonxoelar dorivor o‘simlik sifatida juda keng tarqalgan.
Xalqimiz qadim zamonlardanoq xona o‘simliklarini bilishga va o‘stirishga harakat qilgan. Buxoro, Samarqand va Urganch kabi ko‘hna shaharlardagi yirik binolarning ichki devorlarida, Alisher Navoiyning «Xamsa»siga va Zahiriddin Boburning mashhur asarlariga ishlangan miniatyuralarda gul tuvaklarda turgan o‘simliklarni eslatuvchi tasvirlarni ko‘rish mumkin.
Abu Rayhon Beruniyning «Kitob As-Saydana fit tib» asarida xonalarda o‘sadigan ba’zi o‘simliklarning dorivorlik xususiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Demak, ko‘pgina o‘simliklar chet el safaridan qaytayotgan savdogarlar tomonidan olib kelingan. Bunday safarlar, ayniqsa Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab keng amalga oshirilgan. Shuningdek, ziyorat uchun Makkaga piyoda va ulovda borib, kelishda ham olib kelingan. Lekin xona o‘simliklarining aksariyat qismi davlat tasarrufidagi Botanika bog‘lari orqali ommalashtirilgan.
Xona o‘simliklarining juda ko‘pchiligi Osiyo, Afrika va Amerika qit’asida joylashgan tropik va subtropik mamlakatlardan olib kelingan. Bu o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘z vatanida ochiq havoda o‘sadi. Masalan, kaktuslar, fikuslar, palmalar va boshqalar. Yana bir muhim tomoni shundaki, vatanida daraxt yoki yirik buta bo‘lib o‘sadigan o‘simliklar bizning sharoitda past bo‘yli buta shaklida o‘sadi.
Xonalarda o‘sadigan manzarali o‘simliklarning ko‘pchiligini ko‘p yillik ildizpoyali, tugunakli va piyozboshli o‘simliklar tashkil etadi. Olib borilgan izlanishlar natijasida O‘zbekistonda tarqalgan o‘simliklarning 80 dan ortiq oila, 160 dan ziyod turkumga mansub 300 ga yaqin turlari borligi aniqlandi. Bular O‘zbekistonda iqlim va tuproq sharoitiga qarab har xil tarqalgan. Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlari turlarga boyligi jihatidan oldingi o‘rinda turadi. Xonadonlarda tarqalishiga ko‘ra kaktuslar birinchi o‘rindadir.
Download 179.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling