Bobur bog’i jumlasidagi III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik emas, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalayotganini qanday izohlaysiz?
J: U bog’ Z.M.Boburniki emas, shunchaki uni boshqa bog’lardan ajratish uchun unga shunday nom berishgan.
Egalik qo’shimchalari o’zidan oldingi so’zni qaysi kelishikda bo’lishini talab qiladi?
J: qaratqich kelishigida ( ukamning o’yinchog’i)
Agar egalik qo’shimchasidan oldin qaratqich kelishigini qo’llab bo’lmasa, u holda egalik qo’shimchasi … hisoblanadi.
J: yaxlitlanib qolgan ( U kechasi ishlaydi. Uning kechasi ishlaydi deb bo’lmaydi. )
Kecha dam olishimiz maroqli o’tdi. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi I shaxs egalik qo’shimchasi yaxlitlanib qolganmi?
J: Yo’q. Chunki, bizning dam olishimiz desa bo’ladi.
Aziza tuni bilan mijja qoqmadi. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi I shaxs egalik qo’shimchasi yaxlitlanib qolganmi?
J: Albatta, yaxlitlangan. Chunki, tuni so’zidan oldin qaratqich (-ning) qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi. Tunning egasi yo’q.
Qaysi so’zlar tarkibidagi egalik qo’shimchalaridan oldin qaratqich kelishigini olgan so’z qo’llanilmasa ham egalik qo’shimchalari yaxlitlangan hisoblanmaydi?
J: Sifardosh va harakat nomi tarkibidagi
Bo’zchi bilganin to’qir, baxshi bilganin o’qir. Ajratib ko’rsatilgan egalik qo’shimchalari yaxlitlanganmi?
J: Yo’q. Chunki, egalik qo’shimchasi sifardosh tarkibida kelgan. Egalik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan oldin qaratqich kelishigini bo’lishi shart emas.
Egalik qo’shimchasi qaysi so’zlarga qo’shilsa, asos qismda tovush almashishi hodisasi sodir bo’ladi?
J: terak, qishloq, bolalik ( terak + i = teragi)
Do'stlaringiz bilan baham: |