Son so’z turkumi
94.Sonning nomini, predmetning son-sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar turkumi…
J:Son
95.Sonning so’roqlari…
J:Qancha, necha, nechanchi
96.Son qaysi so’z turkumlaridan yasaladi?
J:Son boshqa so’z turkumlaridan yasalmaydi
97.Sonlar doim qaysi so’z turkumi bilan bog’lanadi?
J:Ot bilan
98.Sonlar ko’pincha gapda qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?
J:Aniqlovchi va kesim
99.Badiiy asarlarda sonlar ko’pincha qanday yoziladi?
J:So’zlar bilan
100.Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan nechta sodda son bor?
J: 23 ta
101.Sonlar ma’no va grammatik jihatidan necha guruhga bo’linadi?
J:Ikki guruhga: miqdor va tartib sonlar
102.Miqdor sonning turlarini aniqlang.
J: Sanoq son, dona son,chama son, jamlovchi son, taqsim son, kasr son
103.Miqdorni donalab ifodalaydigan sonlar…
J: Dona son
104.Miqdorni taxminlab, chamalab ko’rsatadigan sonlar…
J:Chama son
105.Miqdorni jamlab ko’rsatadigan sonlar…
J:Jamlovchi son
106.Miqdorni taqsimlab ko’rsatadigan sonlar…
J:Taqsim son
107.Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar…
J:Kasr son
108.Sanoqdagi tartibni ifodalovchi sonlar…
J:Tartib son
109.Qo’shma sonlar har doim qanday yoziladi?
J:Ajratib yoziladi
Ravish so’z turkumi
110.Harakat holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdor kabi belgilarni bildiruvchi va qanday, qachon, qayer (-ga, -da, -dan), qancha singari so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar?
J:Ravish
111.Ravish ko’pincha qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?
J:Hol
112.Qanday, qay holda, qay tarzda so’roqlari ravishning qaysi ma’noviy turiga mansub?
J:Holat ravishi
113.Qachon, qachongacha, qachondan beri, qachondan so’roqlari ravishning qaysi ma’noviy turiga mansub?
Do'stlaringiz bilan baham: |