6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


Bobur bog’i jumlasidagi III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik emas, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalayotganini qanday izohlaysiz?


Download 194.3 Kb.
bet25/98
Sana08.07.2023
Hajmi194.3 Kb.
#1659320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

Bobur bog’i jumlasidagi III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik emas, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalayotganini qanday izohlaysiz?

J: U bog’ Z.M.Boburniki emas, shunchaki uni boshqa bog’lardan ajratish uchun unga shunday nom berishgan.

  1. Egalik qo’shimchalari o’zidan oldingi so’zni qaysi kelishikda bo’lishini talab qiladi?

J: qaratqich kelishigida ( ukamning o’yinchog’i)

  1. Agar egalik qo’shimchasidan oldin qaratqich kelishigini qo’llab bo’lmasa, u holda egalik qo’shimchasi … hisoblanadi.

J: yaxlitlanib qolgan ( U kechasi ishlaydi. Uning kechasi ishlaydi deb bo’lmaydi. )

  1. Kecha dam olishimiz maroqli o’tdi. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi I shaxs egalik qo’shimchasi yaxlitlanib qolganmi?

J: Yo’q. Chunki, bizning dam olishimiz desa bo’ladi.

  1. Aziza tuni bilan mijja qoqmadi. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi I shaxs egalik qo’shimchasi yaxlitlanib qolganmi?

J: Albatta, yaxlitlangan. Chunki, tuni so’zidan oldin qaratqich (-ning) qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi. Tunning egasi yo’q.

  1. Qaysi so’zlar tarkibidagi egalik qo’shimchalaridan oldin qaratqich kelishigini olgan so’z qo’llanilmasa ham egalik qo’shimchalari yaxlitlangan hisoblanmaydi?

J: Sifardosh va harakat nomi tarkibidagi

  1. Bo’zchi bilganin to’qir, baxshi bilganin o’qir. Ajratib ko’rsatilgan egalik qo’shimchalari yaxlitlanganmi?

J: Yo’q. Chunki, egalik qo’shimchasi sifardosh tarkibida kelgan. Egalik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan oldin qaratqich kelishigini bo’lishi shart emas.

  1. Egalik qo’shimchasi qaysi so’zlarga qo’shilsa, asos qismda tovush almashishi hodisasi sodir bo’ladi?

J: terak, qishloq, bolalik ( terak + i = teragi)


  1. Download 194.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling