6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


-man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari fe’lning munosabat shakllarida ham ismlarning munosabat shakllarida ham bor. Ularni qanday farqlaymiz?


Download 194.3 Kb.
bet24/98
Sana08.07.2023
Hajmi194.3 Kb.
#1659320
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

-man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari fe’lning munosabat shakllarida ham ismlarning munosabat shakllarida ham bor. Ularni qanday farqlaymiz?

J: Ushbu shakllar fe’lga qo’shilsa fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi. Ismlarga qo’shilsa ismlarning munosabat shakli hisoblanadi.
Masalan, Ertaga boraman – fe’lning munosabat shakli.
Men talabaman – ismlarning munosabat shakli

  1. Ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi munosabat shakllari yana qanday nomlanadi?

J: bog’lamalar deb ataladi

  1. Bog’lamalarga qaysi shakllar (qo’shimchalar) kiradi?

J: -man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari, bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari kiradi.

  1. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Gapda nechta ismlarning munosabat shakllari qo’llanilgan?

J: 3 ta. ( ning, i, ni)

  1. Azizaning opasi nahotki talaba hisoblanadi. Gapda nechta ismlarning munosabat shakllari qo’llanilgan?

J: 3 ta ( ning, si, hisoblanadi)

  1. Nima sababdan –im, -ing, -i … qo’shimchlari egalik qo’shimchalari deyiladi?

J: Chunki ular shaxs yoki narsani uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini, ya’ni egasi borligini bildiradi. ( kitobim – kitobning egasi I shaxs ekanligini –im egalik qo’shimchasi bildiryapti)

  1. Onangiz judayaxshi ayol ekan. Gapda nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi ishtirok etgan?

J: II shaxs, birlik

  1. Nima nomlariga qo’shilgan III shaxs egalik qo’shimchalari shaxsga qarashlilikni emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nolarini ifodalaydi.

J: viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlariga qo’shilgan

  1. Bobur bog’i, Amir Temur maktabi, Toshkent shahri kabi so’zlardagi III shaxs egalik qo’shimchasi qanday ma’no ifodalayapti?

J: xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nolarini ifodalayapti.


  1. Download 194.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling