6-Sinf o’quvchisi: 2018-yil Botanika 6-sinf imtihon javoblari


Download 71.6 Kb.
bet2/9
Sana18.03.2023
Hajmi71.6 Kb.
#1282694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-SINF-BOTANIKA

10-bilet
1.Shakli o’zgargan yerosti novdalariga piyozboshlar,tuganaklar,ildizpoyalar kiradi.piyozboshli o’simliklarga boshpiyoz,lola,binafsha va boshqa o’simliklar kiradi.Ularning hujayralarida shaffof rang beruvchi leykoplastlar bor.Tugaanakli o’imliklarga kartoshka,kartoshkagul,xrizontema kiradi.Ildizpoyali o’simliklarga ajriq,g’umoy kiradi.G’umoy asosan sug’oriladigan yer maydonlarda uchraydi.Bo’yi 50-150sm keladi.Ildizida juda ko’p kurtaklar joylashgan bo’lib,yerga yaqin joyidan yangi poya hosil qiladi.
2.Gulxayridoshlar oilasiga gulxayri,yerbag’irtugmachagul,g’o’za,kanob,bo’ritaroq kiradi.Dorivor gulxayrining ildizidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida yutalga qarshi ishlatiladi.G’o’zadan kiyim-kechak ishlab chiqarishda foydalaniladi.Kanobdan tola olinadi.
3.Agar ildiz tukchasidan priparad tayyorlab mikroskopda ko’radigan bo’lsak uni bitta hujayradan iborat ekanini ko’ramiz.Bu hujayra yupqa qobiq,sitoplazma va yirik yodrodan tuzilgan.Ildiz tukchasi 10-20 kun yashaydi,keyin ildizning o’suvchi qismidan yangi tukcha hosil bo’ladi.


11-bilet
1.Ildiz ham hamma hujayralar kabi nafas oladi.Ildiz tuproq orasidagi havodan nafas oladi.O’simlik ildizi yaxshi nafas olishi uchun urug’ yumshoq joyga ekiladi.Hosil yetiguncha birnecha marta yumshatiladi.Qatqaloq tuproqda havo kam bo’ladi.Havo yetishmasligi tufayli o’simlik kasallanadi va hosil kamayadi.Shuning uchun tuproqni tez-tez yumshatib turish zarur.
2.O’simliklarning turiga qarab barglarning shakllari turli shaklda bo’ladi.Masalan yumoloq,ovalsimon,tuxumsimon,nashtarsimon,qalami va boshqa shakllarda bo’ladi.Qirrasining shakliga ko’ra tekis,arrasimon,tishsimon va boshqa shaklda bo’ladi.Shu belgilarga qarab o’simliklar bir-biridan farqlanadi.
3.Ikkiurug’pallali o’simliklar asosan o’qildiz tizimiga xos.masalan loviya,g’o’za,yontoq va boshqa o’simliklar.Birurug’pallali o’simliklar popuk ildiz tizimli.masalan bug’doy,arpa,lola,piyoz va bo’shqa o’simliklar kiradi.
12-bilet
1.Madaniy o’simliklar payvantlash yo’li bilan vegetativ ko’paytiriladi.Payvandlashning iskana payvand, kurtak payvand kabi turlari bor.Iskana payvandda bir o’simlikning novdasi olinib ikkinchi o’simlikka biriktiriladi.Kurtak payvandda bir o’simlik kartagidan olinib ikkinchi o’simlikka o’rnatiladi.Atirgul, tok, qoraqat kabi o’simliklar parxish yo’li bilan ko’aytiriladi.
2. Ra’nodoshlar oilasiga 3000 dan ortiq o’simlik turi kiradi.Bularga tobulg’i, olcha,namatak,olma,o lxo’ri,qulupnay,maymunjon,malina,nok,shaftoli,bodom,kamxastak,gilos va boshqalar kiradi.
3. Biror o’simlik urug’idan olib bankaga solib unig ichiga yonib turgan sham tushirsak sham yonishda davom etadi,song og’zini yopib birnecha soatga chetga olib qo’ysak va uning ichiga yana sham tushirsak sham o’chib qoladi. Bunga sabab bankada kislarot qolmagan,urug’lar nafas olgan.



Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling