6-Sinf o’quvchisi: 2018-yil Botanika 6-sinf imtihon javoblari


Download 71.6 Kb.
bet1/9
Sana18.03.2023
Hajmi71.6 Kb.
#1282694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-SINF-BOTANIKA




2017-2018 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM
MAKTABLARINING 6-SINF OʻQUCHILARI UCHUN
BOTANIKA FANIDAN
BOSQICHLI NAZORAT IMTIHONI
JAVOBLARI

6-Sinf o’quvchisi:_________________________________
2018-yil
Botanika 6-sinf imtihon javoblari


1-bilet
1.Tabiatda isiriq,chakanda,zubturum,gulxayri,cherkez va boshqa dorivor o’simliklar bor.Ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
2.Ra’nodoshlar oilasiga 3000 dan ortiq o’simlik turi kiradi.Bularga tobulg’i, olcha,namatak,olma,o lxo’ri,qulupnay,maymunjon,malina,nok,shaftoli,bodom,kamxastak,gilos va boshqalar kiradi.
3.Loviya ikki urug’pallali o’simlik.Urug’i tashqi tomondan qalin po’st bilan qoplangan.Ichida urug’pallalar va murtak joylashgan.Murtagi ildizcha,poyacha va 2 ta bargchadan iborat.Bug’doy bir urug’pallali o’simlik hisoblanadi.Urug’i cho’ziq shaklda. Ustki tomondan quruq bir juft qobiq bilan qoplangan.murtagi boshlang’ich ildizcha,boshlang’ich poya,boshlang’ich bargchadan iborat.


2-bilet
1.Tabiatda yovvoyi yem-xashak o’simliklaridan shuvoq,burchoq,sebarga,izen,keriuk,javdar va boshqalar uchraydi.
2.Gullari mayda, rangsiz,to’g’ri ba’zan qiyshiq ,ikki jinsli ba’zan birjinsli.Gulqo’rg’oni oddiy 5 bo’lakli yoki qisqarib ketgan.Changchisi 2-5 ta erkin.Urug’chisi 2-5 ta qo’shilgan.
3.Biror o’simlik urug’idan olib bankaga solib unig ichiga yonib turgan sham tushirsak sham yonishda davom etadi,song og’zini yopib birnecha soatga chetga olib qo’ysak va uning ichiga yana sham tushirsak sham o’chib qoladi. Bunga sabab bankada kislarot qolmagan,urug’lar nafas olgan.
3-bilet
1. Botanika fani geobotanika,poleobotanika, sistematika,ekologiya,intrologiya(iqlimlashtirish),briologiya,sitoloembriologiya,anatomiya,morfologiya kabi bo’limlarga bo’linadi
2. Qoqio’tdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning asosiy belgisi ularning tupguli savatcha shaklida bulishidir.Savatch a sirtdan tilsimon o’rama gulbargchalar bilan o’ralgan.Gulqo’rg’oni murakkab tuzilishga ega.Gulkosachabargi,tojbargi,changchisi 5tadan joylashgan.urug’chisi2ta qo’shilib rivojlangan.
3. Kurtakning ichki tuzilishini o’rganish uchun terak o’simligi kurtaklaridan olamiz va uni lupa ostida ko’rganimizda kurtakni tashqi tomondan qalin va quruq qobiq bilan qoplangganini ko’ramiz.Uning ichida boshlang;ich paya va bargni ko’rish mumkin.
4-bilet
1.O’simliklarning turiga qarab ildizlar turli ichki va tashqi tuzilishga ega.Ildiz tashqi tomondan qoruq,yuzasi oqish,sarg’imtir,qoramtir rangli po’st bilan qoplangan va uning ustida mayda ildiz tukchalar bilan qoplangan.Har bir ildiz tukchasi bitta hujayradan iborat va 10-20 kun yashaydi.Ildiz tukchalari tuproq tarkibidagi suv va mineral tuzlarni surib olishdir.Agar ildizni ko’ndalangiga kesib ko’rsak orta qismida yirik teshiklarni ko’rish mumkin.Agar ildizni uzunasiga kesib qarasak 4 ta bo’limni ko’rish mumkin.Ular ildiz qinchasi,o’suvchi,so’ruvchi va o’tkazuvchi qismlar.
2.To’pgullar oddiy va murakkabga bo’linadi.oddiy to’pgullargaoddiy shingil(qashqarbeda),oddiy soyabon(piyoz) ,so’ta(makkajo’xori),boshcha(sebarga),oddiy boshoq(zubturum),qalqoncha(olma),savatcha(qoqio’t)kuchala(tol).Murakkab to’pgullarning murakkab boshoq(Bug’doy),murakkab soyabon(sabzi),murakkab shingil(nastarin) kabi turlari bor.
3.Biologiya xonasida yorug’sevar o’simliklardan xona gullari bor.Misol uchun fikus,giran,aloi va boshqalar.Qirg’oqchilikka chidamli o’simliklardan kaktus bor.
5-bilet
1.Ildiz tizimiga ko’ra o’qildiz va popukildizga bo’linadi.O’qildiz asosan ikkiurug’pallali o’simliklar uchun xos.Bunday ildiz hosil bo’lish jarayonida asosiy ildiz bevosita o’sishda davom etadi.Popuk ildiz asosan birurug’pallali o’simliklarga xos.popuk ildiz hosil bo’lish jaroyonida asosiy ildiz nobud bo’ladi va uning o’rniga bir tutam yon ildizlar hosil bo’ladi.
2. Ituzumdoshlarlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning mevasi rezavor vako’sakcha meva.Ko’sak mevalari birnechta mevabarglarning qo’shilishidan hosil bo’ladi va yetilgandan song chokidan ochiladi.
3.bir hujayrali tuban suvo’tlarga xlorella va xlomedamonada misol bo’ladi.Xlorillali suvdan bir tomchi olib mikroskop ostida qarasak bir necha million bir hujuyrali suvo’larini ko’rish mumkin.Bu hujayra tashqi tomondan qobiq bilan qoplangan.Ichida sitoplazma, xromatafor va yadro bor.


6-bilet
1.Hujayra asosan mitoz ya’ni ikkiga bo’linish yo;li bilan ko’payadi.Bunda dastlab yadro kattalashadi va o’rtasidan parda tortiladi.Yadro ikki qutbga ajraladi.Hujayra o’rtasidan ingichkalashib ikkiga ajraladi va bitta hujayradan ikkita yosh hujayra hosil bo’ladi.Yosh hujayralar ham o’sib bo’linib ko’payadi.
2. Tabiatda yovvoyi yem-xashak o’simliklaridan shuvoq,burchoq,sebarga,izen,keriuk,javdar va boshqalar uchraydi.
3. Kurtakning ichki tuzilishini o’rganish uchun terak o’simligi kurtaklaridan olamiz va uni lupa ostida ko’rganimizda kurtakni tashqi tomondan qalin va quruq qobiq bilan qoplangganini ko’ramiz.Uning ichida boshlang;ich paya va bargni ko’rish mumkin.
7-bilet
1.O’simliklarning turiga qarab poyalar turli tezlikda o’sadi.Tok bir mavsumda 10 metrgacha o’sadi.Tog’ning uchida o’sadigan archalar juda sekin o’sadi.5 yoshli archaning bo’yi 10-15smga teng.O’simliklar eniga ham turli tezlikda o’sadi.Yomg’oqning aylanasi4-6m,chinorning aylanasi uzunligi 8-10m ga yetadi.
2. Gullar 3 xil yul bilan changlantiriladi.1-o’z-o’zidan changlanish 2-chetdan changlanish 3-sun’iy changlanish.Osimlikning changchisi va urug’chisi bir vaqtda yetilib o’z changi o’z urug;chisining tumshuqchasiga kelib tushsa o’z-o’zidan changlanish deyiladi.bunday o’simliklarga lola,atirgul kiradi. Agar o’simlikning jinsiy organlari bir vaqtda yetilmasa unda chetdan changlanadi.bunday yo’l bilan changlanuvchi o’simliklarga bog’doy,arpa,javdar kiradi.Agar odamlar tomonidan changlantirilsa sun’iy changlanish deb ataladi.
3. Olmaning barglari oddiy,panjasimon tomirlangan.Namatakning barglari murakkab,toq patsimon,panjasimon tomirlangan.Qulupnayning barglari murakkab,uch bargchali,panjasimon tomirlangan.


8-bilet
1.O’simliklarda 10 dan ortiq to’qima turlari bor.Misol uchun asosiy,hosil qiluvchi,g’amlovchi,o’tkazuvchi,mexanik,ajratuvchi va boshqalar.Asosiy toi’qima fotosentez jarayonini,hosil qiluvchi o’sishni,g’amlovchi oziq modda saqlash,o’tkazuvchi oziq modda tashish,mexanik mustahkamlik,ajratuvchi keraksiz moddalarni tashqi muhitga chiqarish vazifasini bajaradi.
2. Loladoshlar oilasidan jami 25ta tur o’simlik turi muhofazaga kiritilgan.Lolaning 23 ta turi O’zbekistonda uchraydi.Ular tog’ mintaqasida tarqalgan bo’lib ularning hamma turi muhofaza qilinadi.bulardan tashqari olg’i va xolmon muhofazaga kiritilgan.
3. Kurtakning ichki tuzilishini o’rganish uchun terak o’simligi kurtaklaridan olamiz va uni lupa ostida ko’rganimizda kurtakni tashqi tomondan qalin va quruq qobiq bilan qoplangganini ko’ramiz.Uning ichida boshlang;ich paya va bargni ko’rish mumkin.


9-bilet
1.Poyalar poyaning uchki qismida joylashgan o’sish konusidagi hujayralarning bolinib ko’payishi hisobiga bo’yiga o’sadi.O’sish konusi hujayralari tez bo’linib ko’payish xususiyatiga ega.
2.Mevalar 3 qismdan iborat.1-tashqi qavat(po’st) 2-o’rta qavat(meva eti) 3-ichki qavat(urug’)
3.buni 2 ta tajribada ko’rish mumkin.1-tajriba.Agar biror o’simlikning yosh novdasini olib rangli suvga 2-3soatga solib qo’ysak va uning po’stini kesib qarasak yog’ochligidagi rangni ko’ramiz.Bu tajriba shuni ko’rsatadiki suv poya bo’ylab yuqoriga ko’tarilgan.2-tajriba.ikkita bir xil o’simlik novdasidan olamiz.Birining o’rta qismidan po’stini halqa shaklida kesib olamiz,ikkinchisini shu turishdasuvga 2-3 kunga qo’ysak,2-sining pastki qismidan,1-sining esa kesilgan joyidan ildiz chiqadi.



Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling