Matn bilan ishlash
OZIQ-OVQAT DO‘KONIDA
Ko‘chamizda oziq-ovqat do‘koni bor. Bu do‘konda un, guruch, shakar, sariyog‘, non va turli shirinliklar sotiladi. Do‘kondan har xil oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Men do‘stim Komron bilan har kuni do‘kondan issiq non sotib olamiz. Sotuvchi bizga qaytim berganda „Qaytimini yo‘qotmay, ota-onangizga bering“, – deydi.
Lug’at ishi
ko‘chamizda – sariyog‘ – turli – shirinliklar –
sotib olmoq – qaytim – yo‘qotmay –
shirinliklar – sotib olmoq – qaytim – yo‘qotmay –
Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
mashq. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying.
1. Onam do‘kon... (-ni, -dan) ro‘mol oldilar. 2. Dadam... (-ga, -dan) ruxsat so‘radim. 3. Dugonam kiyim do‘koni... (-dan, -da) paxtali nimcha oldi. 4. O‘zbek tili fani... (-da, -dan) yaxshi baho oldim.
Mustaqil ish. K i m d a n ? Q a y e r d a n ? N i m ad a n ? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarga 3 ta misol keltiring. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : bozor, do‘kon, choy.
N a m u n a : Akamdan kitob oldim.
Uyga vazifa Uyingiz yaqinida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan qaysi mahsulotlar necha so‘m turishini yozib keling.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Do’konda.
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda do’konlar haqida tushunchani, sotuvchi – xaridor orasidagi o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |