O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Grammatik mavzuni tushuntirish
-dan qo‘shimchasi so‘zlarga qo‘shilganda predmetning kelib chiqish o‘rnini bildiradi. Bu so‘zlar k i m d a n ?, q a y e r d a n ?, q a c h o n ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Masalan: Nigora bozordan gul sotib oldi. Salima do‘kondan keldi.
Matn bilan ishlash
Lug’at ishi
xarid qilmoq – har xil – oziq-ovqat – xizmat ko‘rsatmoq – kiyim-kechak –
DO‘KON
Turli narsalarni sotib olish mumkin bo‘lgan joy do‘kon deb nomlanadi. Do‘konlardan har xil mahsulotlarni sotib olamiz. Mahsulotlarning turiga qarab
do‘konlarga nom beriladi. Masalan: „Oziq-ovqat“, „Kiyim-kechak“, „O‘quv qurollari“, „Qurilish mollari“ do‘konlari va boshqalar.
Do‘konda sotuvchidan narsalarni xarid qilamiz. Sotuvchi xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi.
Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
mashq. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib, daftaringizga yozing.
1. Dadam ish... (-ga, -dan) erta keldilar. 2. Botir do‘kon... (-dan, -ni) non oldi.
3. Onam ko‘ylakning narxini sotuvchi... (-ning, -dan) so‘radilar. 4. Daftarimni „O‘quv qurollari do‘koni... (-dan, -ga) xarid qildim.
2- mashq. Gaplarni ko‘chiring va ona tilingizga tarjima qiling.
1. Do‘konda har xil mahsulotlar sotiladi. 2. O‘zbek tili darsidan so‘ng musiqa darsi bo‘ladi. 3. Ustozim bizdan uy vazifasini so‘radilar. 4. Onamdan kitob sotib olish uchun pul so‘radim.
Uyga vazifa Uyingizdan to maktabgacha qanday do‘konlar borligi haqida ma’lumot yozing, -dan qo‘shimchasi ishtirokida 3 – 4 ta gap tuzing.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Do'stlaringiz bilan baham: |