O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Lug’at ishi
doimo – nonushta – osh damlamoq – ko‘ra – suyuq –
Matn bilan ishlash
Bu o‘zbek milliy taomlari oshxonasi. Oshxonada doimo odam ko‘p. Nonushtaga issiq somsa yoki shirinlik olish mumkin. Bu yerda go‘shtli, kartoshkali, qovoqli somsalar ham bor. Oshpazlar osh damlaydilar. Ko‘rada kabob pishiradilar. Oshxonada moxora, sho‘rva, mastava, moshxo‘rda kabi suyuq taomlar, palov, manti kabi quyuq taomlar ham bor. Bu yerda hamma taomlar mazali tayyorlanadi.
Mustahkamlash
mashq. Berilgan so‘zlardan foydalanib, savollarga javob bering.
1. Siz qaysi oshxonada ovqatlanasiz?
2. Oilangizda qanday milliy taomlar tayyorlanadi?
3. Siz yana qanday taomlarni yoqtirasiz?
Fo y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : mazali, chuchvara, manti, osh, mastava, suyuq taom, quyuq taom, choy, sharbat, mineral suv.
Mustaqil ish.
Mustaqil ish. Oshxona qoidalari bo‘yicha savollarga javob bering. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Oshxonada nimalarga e’tibor berish kerak?
À) Taom olish uchun ... turish kerak.
B) Taomni ... yeyish lozim.
D) Ovqatlanib bo‘lgach, ... yig‘ishtiring.
E) Ovqatlanish paytida ko‘p ... .
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : to‘kmasdan, gapirmang, navbatga, idishlarni.
2- mashq. Birinchi ustundagi so‘zlarni ikkinchi ustundagi so‘zlarga bog‘lab, gaplar tuzing va ko‘chiring.
N a m u n a : – Men palov yeyman. Siz-chi?
N i m a ? N i m a q i l a s i z ?
choy yemoq
non pishirmoq
suv ichmoq
sho‘rva olmoq
pishloq qaynatmoq
Uyga vazifa Uyingiz oshxonasi haqida 3 – 4 gapdan iborat bog‘lanishli matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |