6-sinf Sana
Download 0.54 Mb.
|
4-синф дарс ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi. Tashkiliy qism.
- Rasm ustida ishlash
- She’r bilan ishlash QISH MOMO
- Grammatik mavzuni tushuntirish
- Mustahkamlash
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya: Dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish Dars metodlari: klaster metodi, aqliy hujum, Dars rejasi: 1.Tashkiliy qism- 2daq 2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq 3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq 4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq 5.Adabiy o’qish10-daq 6.Mavzu yakuni.-3-daq Darsning borishi. Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish. O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash Yangi mavzu bayoni Rasm ustida ishlash mashq. Rasm va berilgan so‘zlar asosida savol-javob o‘tkazing. Keyin „Qish o‘yinlari“ mavzusida 5 – 6 ta gapdan iborat yozma matn tuzing. F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : qalin kiyingan, qorbo‘ron, muzladi, yog‘di, otdi, tegdi, yasashdi, chana, chang‘i, qorbobo, yaxmalak. Lug’at ishi qo‘shni – tog‘ – tomosha – qatnashmoq - kattalar – xursand bo‘lmoq – She’r bilan ishlash QISH MOMO Osmon – elak, yer – supra, Qish tinmasdan un elar. Oqarmoqda qir, dala, Oqarmoqda cho‘qqilar. Hey, qish momo, qish momo, Buncha sertashvish momo, Unnayapsiz nimaga, Ayting, nima qilasiz? Robiddin Is’hoqov Grammatik mavzuni tushuntirish Qor yog‘di. Qorbo‘ron o‘ynadik. Yer muzladi. Qorbobo yasadik. Sirpanchiq bo‘ldi. Chang‘i (konki) uchdik. O‘zbek tilida -sh, -ish qo‘shimchalari fe’llarga qo‘shilgandan keyin -di qo‘shimchasi kelsa, ishharakatning birgalikda bajarilishini ifodalaydi. M a s a l a n : Bolalar qorbobo yasashdi. Mustahkamlash topshiriq. Matnni o‘qing va savolga javob bering -sh, -ish qo‘shimchalarining qo‘llanishiga diqqat qiling. Qish fasli keldi. Kunlar sovidi. Kecha qor yog‘di. Hamma yoq oppoq bo‘ldi. Ana, bolalar hovliga chi qishdi. Ular qishki kiyimlarini kiyishgan. Qo‘llarida qo‘lqoplari bor. Lola chanasini tortib chiqdi. Abror oyog‘iga konkisini bog‘lagan. Nodir bilan Nargiza qorbobo yasashyapti. Men ham hozir o‘ynamoqchiman. Onamdan ruxsat olib, hovliga chiqaman. Ayting-chi, men qanday o‘yin o‘ynay? Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling