6-sinf yakuniy test. Tarix


Download 23.4 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi23.4 Kb.
#1090381
Bog'liq
6 yakuniy


6-SINF YAKUNIY TEST. TARIX.
1. Quyidagi qaysi so`zning ma`nosi “ulug` xonadon” tushunchasini bildiradi?
A) agora B) budda C) fir`avn D) imperator

2. Iso payg`ambarni o`lim jazosiga hukm qilgan Rim noibi kim edi?


A) Pontiy Pilat B) Konstantin
C) Feodosiy D) Avreliy

3. Quyidagi voqealarni to`g`ri tartibda joylashtiring?


1) Xristianlik boshqa dinlar bilan teng deb e`lon qilindi
2) G`arbiy Rim imperiyasi quladi
3) Attila boshchiligida hun qabilalari Rimga hujum qildi
4) Oktavian Senatdan imperator unvonini oldi
A) 1,2,3,4 B) 3,4,2,1 C) 2,1,4,3 D) 4,1,3,2

4.Qachondan boshlab Rim imperatorini armiya saylay boshladi?


A) M.av.II asr B) Milodiy III asr
C) M.av I asr D) Milodiy II asr

5.Rim shahriga nechta darvozadan kirilar edi?


A) 6 B) 8 C) 12 D) 10

6.Finikiyaliklar nechinchi asrda 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratdilar?


A) M.av VIII asr B) M.av X asr
C) M.av XII asr D) M.av V asr

7.Doro I islohotlari xato berilgan javobni aniqlang?


A) darik deb atalgan oltin tanga zarb ettirdi
B) shoh yo`li joriy etdi
C) massagetlar ustiga yurish qildi
D) qo`shinni qaytadan tuzdi

8.Quyidagilardan Eneolit davriga xos bo`lgan kashfiyotni aniqlang?


A) kulolchilik kashf etildi
B) g`ildirak kashf etildi
C) xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlandi
D) hayvon qo`lga o`rgatila boshlandi

9.Bronza davri manzilgohi quyidagi qaysi hududdan topilmagan?


A) Xorazm B) Farg`ona
C) Surxondaryo D) Buxoro

10.Hindistondagi tabaqalar to`g`ri ko`rsatilganm javobni aniqlang?


A) braxmanlar-jangchilar
B) kshatriylar – kohinlar
C) shudralar-xizmatkorlar
D) chandallar-savdogarlar

11.Quyidagilardan qaysi biri M.av XVIII asrda yuz bermagan?


A) Xett davlati tashkil topdi
B) Sargon I Shumer-Akkad davlatini tuzdi
C) giksoslar Misrga bostirib kirdilar
D) Xamurappi davrida Bobil kuchaydi

12.Qadimgi Xitoyda ilk davlat qachon paydo bo`ldi?


A) M.av III ming yillik oxiri
B) M.av II ming yillik o`rtalari
C) M.av IV ming yillik boshi
D) M.av I ming yilik o`rtalari

13.Yunon tarixchisi Ktesiy Baqtriyaning qaysi davlat bilan aloqasi haqida ma`lumot beradi?


A) Hindiston B) Misr C) Ossuriya D) Eron

14.Quyidagilarni to`g`ri tartibda joylashtiring?


1) M.av. VI asr 2)M.av. IV asr
3) M.av. IX-VII asr 4) M.av. VII asr
a. Urartu davlati gullab yashnagan.
b. Buyuk Xitoy devori qurilishi boshlandi.
c. Misr yana yagona davlatga birlashdi.
d. Xorazmliklar Ko’zaliqir qal’asida katta saroy qurdi.
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d.
B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c.
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a.
D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a.

15. Zardushtilik dini ma’budlari xato ko’rsatilgan javobni aniqlang?


A) Mitra B) Merkuriy
C) Anahita D) Axriman

16. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri Yunoniston tarixiga oid?


A) Ossuariy B) Xandaq
C) Akveduk D) Goblit

17. Afinada oliy ma’lumot beruvchi o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilgan?


1) Musiqa 2) Tarix 3) adabiyot 4) Geometriya
5) Astranomiya 6) She’r yozish 7) Geografiya
A) 2,4,5,7 B) 3,4,6,7 C) 1,2,5,6 D) 1,3,5,6

18. Yunonistonda Drakont qonunlar yozgandan necha yil o’tib Marafon jangi bo’lib o’tgan?


A) 30 yil B) 131 yil C) 120 yil D) 92 yil

19. Quyidagi voqealardan qaysi biri Periklga xos?


A) Afinada demakratiyani joriy etdi.
B) Xalq majlisida ishlayotganlarga haq joriy etdi.
C) Marafon jangida ishtirok etgan.
D) Qarzdorlarni qul qilish tartibini bekor qildi.

20. Quyidagi janglardan qaysi biri Yunon va Makedonlar o’rtasida bo’lib o’tgan?


A) Marafon B) Salamin
C) Korinf D) Xeroniya

21. Bundan 2,5 ming yil oldin Yunoniston tarixida qanday voqea bo’lgan?


A) Ilk shaxar davlatlar vujudga keldi
B) Solon Afina hokimi bo’ldi
C) Teatr paydo bo’ldi
D) Ilk olimpiada o’yinlari o’tkazildi

22. Doro I Behistun yozuvlarida aytilishicha Marg’iyonadagi qo’zg’olonni bostirishga kimni jo’natgan?


A) Dadarshish B) Farasman
C) Spitama D) Bess

23. Qaysi jangda O’rta Osiyolik Saklar muvaffaqiyatli qatnashgan?


A) Marafon B) Salamin
C) Korinf D) Xeroniya

24. Quyidagi qaysi shaxar M.av. VI-IV arslarda O’rta Osiyoda hunarmandchilik markazi bo’lgan?


A) Uzunqir B) Xumbuztepa
C) Marv D) Qiziltepa
25. Britaniya muzeyining xazinachisi Dalton qachon “Oks xazinasi” kitobini yozgan?
A) 1910 yil B) 1905 yil
C) 1877 yil D) 1890 yil

26. O’rta Osiyoda Makedonskiyning birinchi bo’lib yo’lini to’sgan shahar qaysi?


A) Baqtra B) Maroqanda
C) Kurushkat D) Marf

27. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuviga ko’ra saroy qurilishida qo’llangan to’q ko’k yoqut qayerdan olib kelingan?


A) Xorazm B) Misr C) Lidiya D) Sard

28. Quyidagi tarixiy atamalardan xato berilganini aniqlang?


A) Xanjar-Akinak
B) Oybolta-Sagaris
C) Fors otliq gvardiyasi – Agema
D) Viloyat-Satraplik

29. Qadimgi Xorazmda M.av. IV-III arslarga oid bo’lgan shaharni aniqlang?


A) Oybo’yirqal’a B) Tuproqqal’a
C) Oqchaxon qal’a D) Bozorqal’a

30. M.av. II-asrda qaysi manzilgohda doira shaklidagi olov ibodatxona qurilgan?


A) Shoshtepa B) Uzunqir
C) Daratepa D) Axsikent

Download 23.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling