6. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
Download 69.3 Kb. Pdf ko'rish
|
6. Maruza.pdf filename=utf-8 6. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’liq o’rtoqlik
5. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar Mulkchiligida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan mulkiga ega va o’zining majburiyatlari bo’yicha shu mulk bilan javob beruvchi tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega bo’lishi , sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki smetaga ega bo’lishlari kerak. O’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlovchi tashkilotlar (tijorat tashkilotlari ) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni ko’zlamaydigan va olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat tashkilotlar) yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Tijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar xo’jalik o’rtoqliklari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar iste’molchilar kooperativlar, muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy tashkilotlar(birlashmalar, hayriya jamg’armalari shaklida, hamda qonun tomonidan ko’zda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini faqat o’zlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga oshirishlari mumkin. Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari, ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir. To’liq o’rtoqlik - o’rtoqlik ishtirokchilari(to’liq o’rtoqlar) ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadilar va uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan mulk bilan javob beradilar. SHaxs faqat bitta to’liq o’rtoqlikning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Download 69.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling