6. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Download 69.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1556902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Maruza.pdf filename=utf-8 6. Маъруза

Tadbirkorlar uyushmalari har xil o’lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni 
birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha 
egiluvchan tuzilma bo’lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o’z harakatlarini muvofiqlashtirish, 
yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
6. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar. Tashkilotlarning yangi 
turlari. 
Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon 
tendentsiyalari kuzatilmoqda. 
Ularda eng muhimi - bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) 
tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi 


yumshoqroq, o’zini o’zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o’tishdir. O’zini o’zi tashkil qilishning 
xududiy, gorizontal tizimi, o’zini o’zi rivojlantirish va o’zini o’zi boshqarish va, shunga ko’ra 
gorizontal bo’yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir. 
O’zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o’zini o’zi tashkil qilishning tubdan 
yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o’zini o’zi rivojlantirishi jarayonlarini ba’zi bir 
jadallashuvini va o’tgan yillarda vujudga kelgan qat’iy(ierarxik) va egiluvchan(dasturiy–
maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni “yumshatilishini” “ko’zg’atdi”, shunday bo’lsa ham 
gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali g’oyatda kamroq qo’llaniladilar, buni 
ularning o’zini o’zi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash 
mumkin. Kelajakda, balki, ular O’zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo’lsalar kerak. 
Keyingi yillarda tashkilotlarning o’zini o’zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi 
chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin 
bo’lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini
yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning 
tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar. 
SHuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga 
yordam beradi: 
- salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish; 
- zamonaviy ilg’or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va 
tezroq o’zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari va ilg’or tajribadan foydalanish; 
- tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi; 
- tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yilishi; 
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya 
qilinishi; 
- bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati 
va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi. 
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining 
samaradorligini ko’tarilishiga yordam beradi. 
 
QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR: 
 
1. Tashkilotlar tushunchasi va ular tavsifi.
2. Tashkilotning ichki muxiti. 
3. Tashqi muxit. 
4. Boshqaruv samaradorligi. 
5. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar 
6. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.
7. Tashkilotlarning yangi turlari.

Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling