6-variant Talaba F. I. Sh: Ergashov Aminjon Behbutovich
Download 88.54 Kb.
|
Investitsiya
3. Siyosiy
Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o’z kapitalining xavfsizligini ta’minlash masalalariga, birinchi navbatda, e’tiborini qaratadi. Shundan keyin, u o’z kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o’ylab ko’radi. Investor uchun xavf tug’diradigan xatarlar mamlakat investitsiya muhiti jozibadorligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yoritish bilan ifodalanganlik holatlari kuzatiladi. Bu esa investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha talqin etish bilan bevosita bog’liq ekanligiga asoslanadi. Jumladan, ayrim manbalarda investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarga ajratgan holda, boshqalarda ta’sir etish yo’nalishlariga ko’ra yoki manbalariga ko’ra va boshqa maqsadlarga asoslanib farqlanishlarni keltirish holatlari kuzatiladi. Investitsiya muhiti holatiga quyidagi muhim omillar ta’sir ko’rsatadi: Eng avvalo, mamlakat investitsiya siyosatining yo’nalishlari va samarasi. Mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik. Mamlakatda siyosiy barqarorlik hukm sursa, investitsiya muhitining boshqa omillari ham o’z ahamiyatini namoyish eta oladi. Mintaqadagi yaqin qo’shnichilik munosabatlari. Bu ham mamlakatning siyosiy ahvoliga katta ta’sir ko’rsatadi va tadbikorlik faoliyatida muhim sanaladi. Huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mavjudligi. Hukumatning investitsion munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik darajalari. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion muhit jozibadorligini oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo’lsa, o’sha mamlakatga investitsiyalar ko’proq jalb etiladi. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya kiritishdan avval, o’sha erning mehnat salohiyatini ham o’rganadi. Mehnat salohiyati deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi, malakasi, tajribasi kabilar nazarda tutiladi. Investitsion jamg’armalar. Investitsion jamg’armalar – jamg’armalarning maxsus turi hisoblanib, iste’mol zaruriyatlari uchun sarflanmaydi. Bu jamg’armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir. Jamg’armalarning bunday turi iste’mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy jamg’armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg’armalarning hajmi (salmog’i) jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog’liq bo’ladi. Download 88.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling