61. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik
Download 48.56 Kb.
|
Fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63. Odil sudlovni amalga oshirishga komaklashuvchi shaxslar.
- 64. Oldi sotdi shartnomasining muhim shartlari
61. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi boyicha jismoniy shaxslarnin huquqiy layoqati Huquq layoqati- huquqiy munosabat ishtirokchilarining maʼlum huquqlarga ega boʻlish va shunga yara-sha majburiyat (burch) ola bilish la-yoqati. Fuqarolik huquq va burchlariga ega boʻlish fuqarolik Huquq layoqati demakdir. Barcha fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar Huquq layoqatida tengdirlar. 17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati. Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. 62. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi boyicha jismoniy shaxslarnin muomala layoqati 22-modda. Fuqaroning muomala layoqati. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. 63. Odil sudlovni amalga oshirishga komaklashuvchi shaxslar. 54-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar. Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir. 64. Oldi sotdi shartnomasining muhim shartlari - 386-modda. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Download 48.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling