61. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik
Download 48.56 Kb.
|
Fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 69. Shartnomalar tuzish shakllari.
68. Qonun boyicha vorislik - Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ba’zi huquq va majburiyatlarning merosxo‘rlarga o‘tishidir.
Vorislik asoslari: vasiyat bo‘yicha vorislik va qonun bo‘yicha vorislik. Qonun bo‘yicha vorislik vasiyat mavjud bo‘lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa amalga oshiriladi. Vorislik huquqi - vafot etgan shaxs meros boʻyicha huquqlari va majburiyatlarining yurislariga oʻtish tartibini belgilovchi xukuqiy meʼyorlar majmuasi; fuqarolik huquqining bir qismi. Fuqaroning vafotidan keyin vorislarga oʻtadigan mol-mulki meros mulk hisoblanadi. Vorislik vasiyat (qarang Vasiyatnoma) va qonun boʻyicha amalga oshiriladi. Meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar kiradi. Ammo meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar, xususan yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va b. tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqi; pensiya, nafaqa va b. toʻlovlar olish huquqi; mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi. Vorislik toʻgʻrisidagi bu va b. umumiy qoidalar, jumladan umumiy birgalivdagi mulk boʻlgan mol-mulkni meros kilib olish, merosning ochilish payti va joyi. merosxoʻr boʻlishi mumkin boʻlgan fuqarolar, noloyiq merosxoʻrlarni merosdan chetlatish haqidagi qoidalar Oʻzbekiston" Respublikasi FK 1112—1119-moddalarida belgilab berilgan. Meros qoldiruvchiningʻ bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) vafotidan keyin tugʻilgan bolalari teng ulushlarda qonun boʻyicha 1-navbatdagi V.huquqiga ega boʻladilar 69. Shartnomalar tuzish shakllari. 366-modda. Shartnomaning shakli. Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin. Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Download 48.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling