61. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik


-modda. Tovarni topshirish yuzasidan sotuvchining majburiyatlari -


Download 48.56 Kb.
bet2/10
Sana17.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1207711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fuqarolik huquqi

388-modda. Tovarni topshirish yuzasidan sotuvchining majburiyatlari - Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart.
65. Oldi-sotdi to’g`risidagi umumiy qoidalar - 86-modda. Oldi-sotdi shartnomasi - Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi.
Agar qonunda qimmatli qog‘ozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan bo‘lmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
66.Pullar va qimmatli qogozlar fuqarolik huquqiy munosabatlar obyektlari sifatida
95-modda. Valyuta qimmatliklari. Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi.
96-modda. Qimmatli qog‘ozlar. Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi.
67. Qimor va garov oyinlarini otkazish - 983-modda. Qimor va garov o‘yinlar uyushtirish hamda ularda ishtirok etish bilan bog‘liq talablar. Fuqarolar va yuridik shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan qimor yoki garov o‘yinlar (qimor va bas boylash) uyushtirish yoki ularda ishtirok etish bilan bog‘liq talablari sudda himoya qilinmaydi, qimor yoki garov o‘yinlar aldov, zo‘ravonlik, tahdid qilish ta’sirida yoxud o‘z vakilining qimor yoki garov o‘yinlari tashkilotchisi bilan g‘arazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari va ushbu Kodeksning 984-moddasida ko‘rsatilgan munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bundan mustasno.
984-modda. Davlat tomonidan lotereyalar o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlariLotereyalar tashkilotchisi — davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va lotereyalar ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini to‘lagan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling