628 madaniy nutqning asosiy kommunikativ sifatlari azimova Madina Dilmurod qizi
Download 50.38 Kb. Pdf ko'rish
|
madaniy-nutqning-asosiy-kommunikativ-sifatlari
Adabiy til me’yorlari
. ◼ lеksik - sеmаntik mе’yor ◼ tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor. yozuv (grаfikа) mе’yori. ◼ fоnеtik mе’yor. ◼ аktsеntоlоgik (urg‘uni tо‘g‘ri qо‘llаsh) mе’yor ◼ grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor. ◼ sо‘z yasаlish mе’yorlаri. ◼ imlоviy mе’yor. ◼ uslubiy mе’yor ◼ punktuаtsiоn mе’yor. Madaniy nutq malakasini puxta egallamoq, muayyan nutqning to’g’rilik sifatini xolis baholay bilmoq uchun adabiy me’yorlarning mazkur tiplari, ularning asosiy qoidalari va 631 bu qoidalarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nutqiy xatolarni yetarli darajada tasavvur qilmoq maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, adabiy til me’yorlarining kuchsiz tiplari, agar yetarli darajada egallanmagan bo’lsa, nutqda buzilishga moyil bo’ladi. O’zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so’zlarning ba’zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo’lsa, ba’zilari nisbatan keyinroq paydo bo’lgan, yana ayrimlarining ma’nosi miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning milliy va ma’naviy hayotida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar tilning eng avvalo lug’at boyligida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham leksik me’yorlar boshqa me’yorlarga qaraganda anchayin harakatchan bo’ladi. Buning ustiga leksik me’yorlarni belgilash ham sezilarli darajada murakkab va qiyin jarayon, chunki, masalan, fonetik yoki morfologik birliklar sabab bo’lgani holda, leksik sistemani tashkil etadigan birliklar - so’zlar juda ko’p, bir necha o’n minglar, yuz minglar bilan o’lchanadi. Shunga ko’ra ham leksik sistemani osonlikcha unifikatsiya qilish mumkin emas. Buning ustiga tilda yangi -yangi so’zlar paydo bo’ladi, ayrim so’zlar iste’moldan chiqib ketadi, turli tillardan so’zlar kirib keladi. So’zning maqbulligi, uning u yoki bu m ma’noda qo’llanishi to’g’riligining baholanishida ko’proq til egalarining dunyoqarashi, mafkurasi, madaniy -ma’rifiy saviyasi, adabiy sahanalardan boxabarligi asosiy ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ba’zan muayyan so’zning adabiy tilda qo’llanishining maqbulligi yoki nomaqbulligi ustida uzoq va jiddiy bahslashiladi. Ana shu bahs-munozaralar, ilmiy - ijtimoiy izlanishlar natijasida tegishli to’xtamga kelinadi. Darsning mazmuni va samaradorligi o’qituvchi nutqining ta’sirchanligi, umuman, madaniy bo’lishi bilan bevosita aloqadordir. Agar o’qituvchi so’zlovchi nutqida noizchillik, tussizlik, qashshoqlik, mantiqsizlik, noaniqlik, uslubiy g’alizlik, grammatik yanglishlik kabi nuqsonlardan loaqal birortasini sezsa, uning diqqati bo’linadi, bayon qilinayotgan materialga bo’lgan qiziqishi susayadi. Qolaversa, material bunday noo’rin nutq bilan bayon qilinganda, tabiiyki, o’quvchi uni qabul qilishda zo’rlanadi, darsdan ko’zlangan samaraga erishish mushkullashadi. Nutq texnikasi bilan bog’liq kamchiliklar (ayrim tovushlarni talaffuz qilolmaslik yoki yanglish talaffuz qilish, ovozning ortiqcha balandligi yoki pastligi, ovoz tembridagi sifatsizlik, "shang’illagan" yoki "qisqartirilgan" bo’lishi, jumladan so’zlararo pauza bera olmaslik, nutq jarayonida chuqur nafas ola bilmaslik va h.k.) ham dars samaradorligiga oldingi ko’rsatilgan nuqsonlardan kam salbiy ta’sir qilmaydi Download 50.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling