007 "To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga
o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi" schoti
007 "To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi" schoti qarzdorlarning to‘lashga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati o‘zgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari schotda hisobga olinishi lozim.
Ilgari zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schoti bilan bog‘langan holda debetlanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan summaga 007 "To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi" balansdan tashqari schoti kreditlanadi. To‘lashga qobiliyatsiz kreditorlarning zararga o‘tkazilgan qarzi balansdan tashqari schotda besh yil davomida hisobga olinishi lozim.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |