VII BO‘LIM. UZOQ MUDDATLI MAJBURIYaTLAR
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
uzoq muddatli schotlarning (7000) bog‘lanishi
Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzni hisobga
oluvchi schotlarning (7100) bog‘lanishi
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni
hisobga oluvchi schotlarning (7200) bog‘lanishi
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni
hisobga oluvchi schotlarning (7300) bog‘lanishi
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schotlarning (7800) bog‘lanishi
Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni
hisobga oluvchi schotlarning (7900) bog‘lanishi
VII bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi uzoq muddatli, ya’ni qaytarish muddati 12 oydan ortiq bo‘lgan majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
uzoq muddatli schotlarning (7000) bog‘lanishi
Mazkur guruh schotlari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tovar-moddiy qiymatliklar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan ishlar, shuningdek tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
7010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar";
7020 "Berilgan veksellar".
Ushbu schotlarning kreditida amalda kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning, qabul qilingan ishlarning va xizmatlarning qiymati, ushbu qiymatliklarni hisobga oluvchi schotlar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, debeti bo‘yicha esa ularning uzoq muddatlidan joriy qarzga o‘tkazilishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |