65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6900) bog‘lanishi Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schotlar turli kreditorlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 6910 "To‘lanadigan operativ ijara"; 6920 "Hisoblangan foizlar"; 6930 "Royalti bo‘yicha qarz"; 6940 "Kafolatlar bo‘yicha qarz"; 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi"; 6960 "Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schotlar"; 6970 "Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz"; 6990 "Boshqa majburiyatlar". 6910 "To‘lanadigan operativ ijara" schotining kreditida korxonaning operativ ijara bo‘yicha ijaraga beruvchi oldidagi hisoblangan majburiyati, ijaraga beruvchiga to‘langan summa esa ushbu schotning debet tomonida aks ettiriladi. 6920 "Hisoblangan foizlar" schotining kreditida banklarning kreditlari, kreditorlar tomonidan berilgan qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar, foizlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash esa ushbu schotning debet tomonida aks ettiriladi. 6930 "Royalti bo‘yicha qarz" schotining kreditida korxonaning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan foydalanish uchun aktivlarning olinishi natijasida vujudga kelgan royalti to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari, royalti to‘lovlari xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, debetida ushbu majburiyatlarning qoplanishi ko‘rsatiladi. 6940 "Kafolatlar bo‘yicha qarz" schotida korxonaning sotilgan mahsulotlarga kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar korxona mahsulotini sotish vaqtida xaridorga kafolatli muddat bersa, ushbu majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud bo‘ladi. Kafolat summasi mahsulot sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladi. Korxona o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga beriladigan kafolat summasi qanchaga to‘g‘ri kelishi, ya’ni tovar yoki xizmatning birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xizmat qiymatini hisoblab chiqishi va ushbu summani 6940 "Kafolatlar bo‘yicha qarz" schotining kredit tomonida, xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schotlar debetida aks ettirishi mumkin. 6940 "Kafolatlar bo‘yicha qarz" schotining debetida, moddiy qiymatliklar, mehnat haqi bo‘yicha majburiyatlar yoki pul mablag‘lari schotlari bilan bog‘langan holda, kafolatlar bo‘yicha qarz summalari qoplanganligi aks ettiriladi. 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schotida mazkur hisobot davrida to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli qarz majburiyatlari, ya’ni olingan kreditlar, ssudalar, qarzlar, moliyaviy ijara (lizing)ning joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga o‘tkazilganda 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schoti to‘lanadigan summaga uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda kreditlanadi va uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang‘ich summasini kamaytiradi. Shuningdek, ushbu schotning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning krediti bilan bog‘langan holda, uzoq muddatli qarzning joriy qismi qoplanishi aks ettiriladi. 6960 "Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schotlar" schoti xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa korxonalar tomonidan bildirilgan da’volar, shuningdek tan olingan (yoki tayinlangan) jarimalar, neustoykalar va penyalar bo‘yicha korxonaning qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 6960 "Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schotlar" schotining kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan da’volar bo‘yicha tan olingan va hisoblangan majburiyatlar, debetida ularning qoplanishi aks ettiriladi. 6970 "Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz" schoti korxona ishchilariga ma’muriy-xo‘jalik va operatsion xarajatlar, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari o‘rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Agar sarflangan summa hisobdorlik bo‘yicha berilgan summadan oshsa, korxonaning hisobdor shaxs oldida qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 "Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz" schotining kredit tomonida ko‘rsatiladi. Ushbu qarz to‘langanda mazkur schot pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda debetlanadi. 6990 "Boshqa majburiyatlar" schotida turli notijorat operatsiyalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar (o‘quv yurtlari, ilmiy korxonalar va h.k.) oldidagi; sud organlarining ijroiya hujjatlari yoki qarorlari asosida korxona ishchilarining mehnat haqidan turli korxona va alohida shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo‘yicha korxonaning joriy majburiyatlari aks ettiriladi. Ushbu schotning kreditida turli kreditorlarga majburiyatlarni hisoblash, debetida esa - qarz qoplanishi aks ettiriladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling