Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzni hisobga
oluvchi schotlarning (7100) bog‘lanishi
Ushbu guruh schotlari korxonaning ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
7110 "Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz";
7120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz".
7110 "Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz" schotida korxonaning umumiy balansiga qo‘shiladigan filiallar, vakolatxonalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (ichki xo‘jalik yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
7120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz" schotida korxonaning shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
Mazkur schotlarning kreditida bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan turli xildagi operatsiyalar bo‘yicha majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Ushbu schotlarning debeti bo‘yicha, pul mablag‘lari yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, mazkur qarzning qoplanishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |