65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


T/r Xo‘jalik operatsiyasining


Download 0.8 Mb.
bet99/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Hisobot davrining sof foydasi yakuniy aylanmalar bilan hisobdan chiqarilgan



9910

8710

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



2

Hisobot davrining sof zarari yakuniy aylanmalar bilan hisobdan chiqarilgan



8710

9910

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



3

Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi korxona ta’sischilariga dividend (daromad)larni to‘lash uchun yo‘naltirilgan



8710

6610, 6620

Ta’sischilarning qarori, dividendlarni hisoblash qaydnomasi



4

Taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini barpo etish uchun yo‘naltirilgan:









Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi






- hisobot yilining foydasi hisobidan



8710

8520







- jamlangan foyda hisobidan



8720

8520




5

Mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklar xarajatlar kabi aks ettirilganda xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning oshirilgan summasiga



4310-4330

8710







- soliqning kam to‘langan summasiga



4310-4330

6410




6

Xaridorlardan olingan bo‘naklar daromadlar kabi aks ettirilganda xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning kamaytirilgan summasiga



8720

6310-6390







- soliqning ko‘p to‘langan summasiga



4410

6310-6390




7

Hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya kam hisoblanganda yoki xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning kamaytirilgan summasiga



8720

0210-0299







- soliqning ko‘p to‘langan summasiga



4410

0210-0299




8

Hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ko‘p hisoblanganda yoki xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




- foydaning oshirilgan summasiga



0210-0299

8720







- soliqning kam to‘langan summasiga



0210-0299

6410




9

Hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya kam hisoblanganda yoki xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning kamaytirilgan summasiga



8720

0510-0590







- soliqning ko‘p to‘langan summasiga



4410

0510-0590




10

Hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ko‘p hisoblanganda yoki xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning oshirilgan summasiga



0510-0590

8720







- soliqning kam to‘langan summasiga



0510-0590

6410




11

Sotilgan mahsulotning tannarxini ortiq summada aks ettirish bilan bog‘liq xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning oshirilgan summasiga



2810, 2910

8720







- soliqning kam to‘langan summasiga



2810, 2910

6410




12

Sotilgan mahsulotning tannarxini kam summada aks ettirish bilan bog‘liq xatolar aniqlangan taqdirda, taqsimlanmagan foyda qoldig‘i (saldo) bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar aks ettirilgan:









Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






- foydaning kamaytirilgan summasiga



8720

2810, 2910







- soliqning ko‘p to‘langan summasiga



4410

2810, 2910




13

Hisobot yili bo‘yicha taqsimlanmagan foyda qoldig‘i quyidagi holatlarda jamlangan foydaga kiritilgan:









Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi






- foyda olingan



8710

8720







- zarar ko‘rilgan



8720

8710




14

Ustav kapitalining miqdori sof aktivlarning miqdoriga qadar yetkazilishida hisobot yili bo‘yicha ko‘rilgan zararlar hisobdan chiqarilgan



8310-8330

8710

Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi



15

Zararlarni hisobdan chiqarish hisobiga rezerv kapitali kamaytirilgan



8520

8710

Aksiyadorlar umumiy majlisining qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi



16

Ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga zararlar qoplangan



8890

8710

Ta’sischilarning qarori, buxgalteriyaning hisob-kitobi



Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi
schotlarning (8800) bog‘lanishi

Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
8810 "Grantlar";
8820 "Subsidiyalar";
8830 "A’zolik badallari";
8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari";
8890 "Boshqa maqsadli tushumlar".
U yoki bu tadbirlarni maqsadli moliyalashtirish manbasi sifatida olingan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari, pul mablag‘lari, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, tovar-moddiy qiymatliklar va hokazolarni hisobga olish schotlari bilan bog‘langan holda, maqsadli moliyalashtirishni hisobga olish schotlarining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Maqsadli moliyalashtirish mablag‘laridan foydalanish maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlarning debeti bo‘yicha va materiallar, mehnat haqi, ijtimoiy to‘lovlar va hokazolarni hisobga olish schotlarining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu schotlar, shuningdek asosiy ustav (notijorat) faoliyati doirasida maqsadli daromadlar (tushumlar)ni va maqsadli xarajatlarni hisobga olishi lozim bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan ham qo‘llaniladi. Har qanday maqsadli tushumlar daromadlar va xarajatlar smetasi tuzilishini talab qiladi, hisobot davri yakunlangandan keyin esa smeta ijrosi to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi.
Asosiy ustav (notijorat) faoliyati doirasida vujudga keladigan xarajatlar smeta (budjet) moddalari bo‘yicha hisobga olinadi. Ushbu moddalarning bandlarini tashkilot mustaqil ravishda belgilaydi, maqsadli tushumlardan foydalanish yo‘nalishlarini esa o‘zining donorlari, xayriyachilari, grant beruvchilari, a’zolari bilan kelishishi mumkin.
Biz "O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobi" deb nomlangan kitob mualliflarining bajariladigan loyihalar ko‘p miqdorda bo‘lganida va ular turli manbalar hisobiga murakkab moliyalashtirilganda schotlar ishchi rejasiga maqsadli notijorat dasturlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar, masalan, 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar"ni kiritish lozim degan taklifiga qo‘shilamiz. Loyihalar (yoki bosqichlar) bajarilib borgan sari ushbu schotlarning qoldiq (saldo)lari moliyalashtirishning tegishli manbalariga o‘tkazilib boriladi. Boshqa maqsadli tushumlar uchun schotlarning namunaviy rejasida qo‘llanilmaydigan, ya’ni 8850, 8860, 8870, 8880 va hokazolardan foydalanish mumkin.
Bajarilayotgan loyihalarning soni kam bo‘lib va ularning har biri moliyalashtirishning aniq belgilangan manbai bilan bog‘langan taqdirda, notijorat faoliyat bo‘yicha xarajatlarni bevosita moliyalashtirishning tegishli manbalariga hisobdan chiqarish mumkin. Masalan:
- grant bo‘yicha mehnat haqi hisoblangan:
Debet 8810-8890 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar"
Kredit 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar";
- materiallar sarf-xarajat qilingan:
Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar"
Kredit 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi schotlar".
Loyihalar miqdori ko‘p bo‘lgan taqdirda, xarajatlar hisobini dastavval xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
- mehnat haqi hisoblangan:
asosiy ishchilarga:
Debet 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar";
ma’muriy xodimlarga:
Debet 9420 "Ma’muriy xarajatlar"
Kredit 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar";
- materiallar sarf-xarajat qilingan:
asosiy xarajatlarga:
Debet 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar";
ma’muriy ehtiyojlar uchun:
Debet 9420 "Ma’muriy xarajatlar"
Kredit 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi schotlar".
Har bir hisobot davrining oxirida hisobga olingan xarajatlar quyidagi o‘tkazmalar bilan hisobdan chiqariladi:
Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar"
Kredit 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar"
Kredit 9420 "Ma’muriy xarajatlar".
Nodavlat notijorat tashkilotlarida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani hisobga olish muammosi mavjud, chunki ularning qiymati uzoq muddat davomida moliyalashtirishni kamaytirishga kiritiladi.
Faraz qilaylik, maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha qiymati 500 ming so‘m bo‘lgan kompyuter olingan. Kompyuterdan foydalanishning me’yoriy muddati 5 yil.
Kompyuter olinganda quyidagicha o‘tkazma beriladi:
Debet 0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" - 500 ming so‘m.
Kredit 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar" - 500 ming so‘m.
Asosiy vositalar bo‘yicha eskirish hisoblashning ikki usulini nazarda tutish mumkin.

1. Eskirish hisoblashni quyidagi o‘tkazmalar bilan qayd etish:


Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar" - 8,3 ming so‘m.
Kredit 0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi" - 8,3 ming so‘m.

2. Grant yoki maqsadli moliyalashtirishning boshqa turi muddati cheklangan taqdirda, asosiy vositalar va amortizatsiya ajratmalarini schotlarning ishchi rejasiga 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" schotini kiritish maqsadga muvofiqdir. Masalan, loyihani o‘zlashtirish muddati - ikki yil. Ushbu vaqt ichida 200 ming so‘mlik eskirish jamg‘ariladi va maqsadli moliyalashtirish schotidagi qoldiq 300 ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur summa quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:


Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schotlar" - 300 ming so‘m.
Kredit 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" - 300 ming so‘m.
Keyinchalik eskirish hisoblanganda quyidagi yozuv beriladi:
Debet 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" - 8,3 ming so‘m.
Kredit 0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi" - 8,3 ming so‘m.
Soliq va bojxona imtiyozlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘shagan summalarni maqsadli vazifalarni hal etish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schotida olib boriladi.
Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblashda ularni mufassal hisobga olish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar schotlarining ishchi rejasiga quyidagi schotlar kiritiladi:
a) budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlar (4400) guruhida "Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)";
b) budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schotlar (6400) guruhida "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)";
v) sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schotlar (6500) guruhida "Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)";
g) turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schotlar (6900) guruhida "Importda QQS va aksiz bo‘yicha soliq imtiyozlari hisoblangan (turlari bo‘yicha)".
Soliq imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar summasi budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi schotlarda debetlanadi va 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schotida kreditlanadi.
Soliqlardan ozod qilish natijasida vujudga kelgan summalar berilgan imtiyoz muddati belgilanganda - imtiyoz muddati tugagandan keyin, qolgan holatlarda esa - har yili 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schotining debetidan 8530 "Tekinga olingan mulk" schotining kreditiga hisobdan chiqariladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling