7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Sinergetika sababiyat haqida


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Sinergetika sababiyat haqida. Sababiyat haqidagi falsafiy qarashlar uzoq evolyutsiya 
jarayonini boshdan kechirdi. Mexanistik yondashuv sababni sirtdan ko‗rsatilgan ta‘sir sifatida 
talqin qiladi. Dunyo jismlarning tartibga solingan, oldindan aytish mumkin bo‗lgan aniq o‗zaro 
aloqasi sifatida tasavvur qilinadi. Tasodifning mavjudligi rad etiladi. Sababiyat zanjirlari chiziqli 
xususiyat kasb etadi, oqibat sabab ta‘siriga proportsional bo‗ladi. Binobarin, sababiyat 
zanjirlariga qarab rivojlanish jarayonining o‗tmishini ham, kelajagini ham aniqlash mumkin. 
Ammo ilmiy bilimning rivojlanishi mexanistik determinizmning asossizligini namoyish etadi. 
Sinergetika yo‗nalishi asoschilaridan biri I.R.Prigojin mexanistik determinizmga shunday baho 
beradi: «Dinamika ratsionalistik modelining mahsuli sifatida tushunilgan determinizm endilikda 
ayrim hollardagina namoyon bo‗luvchi xossa bilan bog‗lanadi», deb baho beradi.
Fan rivojlanishi bilan sabab-oqibat aloqalarining statistik qonuniyatlari va ehtimoliy tabiati 
haqidagi tasavvur yuzaga keladi. Murakkab sistemalarning o‗z-o‗zini tashkil etishi haqidagi fan 
– sinergetika determinizm talqiniga ma‘lum aniqliklar kiritdi. Bir qator ilmiy dalillar olimlar har 
qanday tabiiy hodisalar stoxastik xususiyatga ega va muayyan noaniqlik sharoitida yuz beradi, 
degan xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir 
necha muqobil yo‗llari mavjud bo‗ladi. Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib 
sistemalarda namoyon bo‗lishining o‗ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Bu sistemalarning 
rivojlanishi ko‗p variantlidir. Bunda evolyutsiyaning har qanday turi emas, balki yo‗llarning 
muayyan doirasi mavjud bo‗lishi mumkin. Rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berish 
ehtimoli mavjud, chunki u tasodifiy aloqalar orqali sodir bo‗ladi. Nomutanosib sistemalar tashqi 
omillarga o‗ta ta‘sirchandir. Shu bois intensivlik darajasiga ko‗ra ahamiyatsiz bo‗lgan ta‘sirlar 
ham kutilmagan natijalarga olib keladigan shikastli oqibatlar sababi bo‗lishi mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling