7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
V. Elementar sababiy aloqa quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Vaqtda oldinma-ketinlik
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksizlik
- Sababiy aloqalar
V.
Elementar sababiy aloqa quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Vaqtda oldinma-ketinlik: sabab oqibatdan oldin keladi. Shuni qayd etish lozimki, bu sababiy aloqaning zaruriy, lekin etarli bo‗lmagan sharti. Agar biron-bir voqea boshqa voqeadan keyin yuz bersa, bundan mazkur boshqa voqea uning sababi bo‗lib xizmat qiladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. «Bundan keyin – demak buning natijasida» degan tamoyilga ko‗ra mulohaza yuritish mantiqiy xatodir. Aksariyat bid‘atlar zamirida ayni shunday xato yotadi. Uzluksizlik: sabab va oqibat o‗rtasida vaqtga yoki makonga doir tafovut bo‗lishi mumkin emas, bir narsadan boshqa narsaga o‗tish ularning o‗rtasidagi makon va vaqt oralig‗ini biron-bir «bo‗shliq»siz to‗ldiruvchi jarayondir. Nosimmetriklik: sababiy aloqani orqaga qaytarib bo‗lmaydi, ya‘ni agar A V ning sababi bo‗lsa, V A ning sababi bo‗lishi mumkin emas. Turg‘unlik: ayni bir sabab ayni bir sharoitda ayni bir oqibatni keltirib chiqaradi. Bu tabiatning bir xilligi tamoyilidir. U tabiat hech qachon «aldamasligi»ni anglatadi: agar biron-bir sabab bir marta muayyan oqibatni keltirib chiqargan bo‗lsa, u mazkur oqibatni har doim keltirib chiqaradi (agar bu oqibat yuz bergan bo‗lmasa, ayni hol sharoitlar o‗zgargani bilan izohlanadi). Tabiatning bir xilligi tamoyili ulkan amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki voqealarni bashorat qilish va ularni boshqarish imkonini beradi. Sababiy aloqalar. Sababiy aloqalarning bunday real va umumiy jihatini inkor etish, oqibatning sababini narsa, hodisalarning o‗zidan emas, balki tashqaridan izlash asosida kelib chiqadi. Sabab va oqibat aloqaining teleologik ta‘limotiga ko‗ra, olam oqibatlarida Xudodan bo‗lak sabab yo‗q, har qanday o‗zgarish va harakat Yaratuvchining amri bilan sodir bo‗ladi. Bunda sababiyat emas, balki maqsadga muvofiqlik mavjud bo‗lib, narsa, hodisalarning tartibi azal irodasi bilan belgilanadi. Olamdagi o‗simlik va organizmlarning muhit, shart-sharoitga moslashganligi ba‘zi organizmlarni muhitga ko‗ra hatto o‗z rangi, tashqi qiyofasini o‗zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba‘zi kasalliklar fasllar, quyosh faolligining oshishi hollari bilan bog‗liq ravishda kuchayishi kabi hodisalar sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, Ch. Darvin o‗z evolyutsion ta‘limotini, turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu maqsadga muvofiqlik hodisasini ilmiy o‗rganish asosida yaratgan edi. Sababiy aloqa masalasini obyektiv idealistik tushunish ham bor. Bunday oqim tarafdorlari barcha hodisalarning tub sababi "g‗oyalar dunyosi" (Aflotun), sabab va oqibat "Absolyut g‗oya" (F.Gegelь) rivojlanish holatining ma‘lum shaklini ifodalaydi, deb tushuntiradi. Subyektiv idealistlar D. Yum, I. Kant hamda maxistlar sababiyatni sezgilar, g‗oyalarning muayyan, izchillikdagi aloqai, inson zehniga xos xususiyat deb tushuntiradilar. Jumladan, E. Max: "Tabiatda sabab ham, oqibat ham yo‗q; sabab va oqibat tafakkurimiz mahsulidir", deb hisoblaydi. D. Djins, G. Fayxinger, L. Vitgenshteynlar «sabab» tushunchasi faqat voqealarni sharhlashning qulay usuli, xolos, uning voqelik bilan aloqasi yo‗q, deb hisoblaydilar. Sababiy 121 aloqalar qonuniyat tarzida olam va unga xos o‗zgarishlarning mohiyatidan kelib chiqadi hamda undagi aloqadorlik, munosabatning o‗ziga xos shakli sifatida amal qiladi. Dunyoda barcha hodisalar, o‗zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‗q va bo‗lishi mumkin ham emas. Barcha hodisalar sababiy belgilangan, degan qoida sababiyat qonunida qayd etilgan. Bu qonunni tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar deterministlar deb ataladi. Zaruriy voqealar ham, tasodifiy voqealar ham o‗z sabablariga ega bo‗ladi. Olam taraqqiyotidagi aloqalar sababiyatga, umumiy qonuniyatga bo‗ysunadi. Olamda sababsiz hodisalar mavjud emas, degan fikr determinizmdir, sababiyat qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi. Sababiyat va zaruriyatni inkor etib, bu kategoriyalarni voqelikdan ajratgan holda tushuntiruvchi oqim indeterminizm, deb ataladi. Determinizmdan voz kechish (indeterminizm), mohiyat e‘tibori bilan, fanni falajlikka mubtalo etadi, chunki sababsiz hodisalar tabiatini ilmiy tushunchalar mumkin emas. Indeterminizm sababiy aloqalarni mutlaqo inkor etadi yoki uni tafakkurga xos hodisa, deb hisoblaydi. Jumladan, ayrim hozirgi zamon Јarb fiziklari mikroolamda ham, psixik jarayonlarda ham, ijtimoiy hayotda ham sababiyat yo‗qligini isbotlashga urinmoqda. Dalil sifatida ular klassik mexanika qonunlarini, mikroprotsesslarga va kvant mexanikasiga qo‗llanilishi mumkin emas, deb ko‗rsatmoqdalar. Ular makro va mikro jarayonlarning o‗ziga xos jihatini e‘tiborda tutmaganlari holda, makro jismning fazodagi holati va tezligini ayni bir vaqtning o‗zida aniqlash mumkinligi masalasini mikrozarralarning koordinati va impulьsini bir vaqtda cheksizlik bilan aniqlash mumkin emasligi masalasiga qarshi qo‗ymoqdalar. Biroq, klassik fizika qonunlarini kvant mexanikasiga mos kelmaganligi mikrozarralar olamida sababiy aloqa yo‗qligini bildirmaydi. Shu bilan birga, mikrozarralar o‗z harakatida hech qanday qonuniyatga bo‗ysunmaydi va hech qachon erkin yo‗nalishda bo‗lmaydi. Shuni ham hisobga olish zarurdirki, kvant mexanikasi o‗rganadigan mikrozarralar klassik mexanika o‗rganadigan obyektlardan sifat jihatidan farqlanadi. Buni hozirgi zamon fizikasining dalillariga qarab isbotlash mumkin. Sabab va oqibat zanjirida birinchi kelgan hodisa sabab, undan so‗ng sodir bo‗lgan voqea oqibat bo‗lar ekan, lekin bundan har qanday ketma-ket kelgan hodisalarning birinchisi doim sabab, ikkinchisi doim oqibat bo‗laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Chunonchi, yoz bahordan so‗ng keladi, kunduzdan so‗ng tun boshlanadi, bundan bahor yozga sabab yoki kechasiga kunduzi sabab, deb xulosa chiqarish tamomila nojo‗ya bo‗lar edi. Bu misollardagi hodisalarning asli sababi Erning o‗z o‗qi va Єuyosh atrofida aylanishidir. Sabab va oqibat bir-biri bilan o‗rin almashishi, oqibat boshqa hodisaga nisbatan sabab rolini o‗tashi ham mumkin. Masalaning bu jihatini ushbu misolda ko‗ramiz. Muayyan organizmning biror qismini, o‗ziga xos patologiyasini o‗rganish uni davolashning yo‗li va metodlarini ishlab chiqishga sabab bo‗ladi. Organizmning shu kasallangan qismini davolash oqibatida yana bir boshqa qismidagi kasallikning oldini olishga sabab bo‗ladi. Sabab va oqibatning mazkur holatini xarakterlab, sabab bilan natija doimo o‗rin almashtirib turadi, ya‘ni hozirgi vaqtda sabab bo‗lgan narsa boshqa vaqtda natija bo‗ladi va aksincha. Inson o‗z amaliyotida sabab va oqibat aloqasining muhim hamda nomuhim tomonlarini, sababiy aloqalarning xilma-xilligini birdaniga ajratib va bilib ololmaydi. Shuning uchun kuzatish, bilish, amaliy faoliyat jarayonida muayyan oqibatning kelib chiqishidagi aniq sababning o‗rni va ahamiyatini anglash, asosiy va asosiy bo‗lmagan, ichki va tashqi sabablarga ajrata olish kerak. Asosiy sabab hodisa va jarayonning kelib chiqishini zaruran belgilaydigan hamda uning eng muhim xususiyatlarini ifodalovchi sababdir. Asosiy bo‗lmagan sabab esa voqea va hodisaning yo‗nalishini belgilamaydigan, unga aytarlik ta‘sir ko‗rsata olmaydigan sababdir. Masalan, ijtimoiy rivojlanishni belgilaydigan asosiy sabab moddiy va ma‘naviy boyliklardir. Geografik muhit va aholi zichligi ham jamiyat taraqqiyotiga muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling