7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Yakkalik, xususiylik va umumiylik


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Yakkalik, xususiylik va umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari 
borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi 
in‘ikosi hisoblanadi. Yakkalik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi 
asosiy tushunchadir. Yakkalik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya‘ni borliqning nisbatan 
mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to‗plamiga ega. Yakkalik a) narsa va 
hodisalar, ularning bir-biriga o‗xshash va farq qiluvchi tomonlarini; b) olamga xos munosabat va 
aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik 
shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‗zaro birlikni ifodalovchi 
umumiy jihatlarini ifodalaydi. 
Yakkalikfaqat mazkur obyektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. 
Yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan 
mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan individual betakror 
belgilarni ham qayd etadi.
«Yakkalik» kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq, 
yagona, takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni aks ettiradi. Mazkur kategoriya 
tabiat va ijtimoiy hayotdagi alohida narsa, hodisa, juz‘iy fakt va yagona voqea haqidagi 
tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an‘ana, 
milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda, to‗la-
to‗kis takrorlanishi mumkin bo‗lmagan ayrimlikdir. Shuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi — 
yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‗ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‗ra ayrimlikka misol 
bo‗la oladi. Yakkalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir 
tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga 


102 
xos belgilar bilan, ayni paytda, materiyaning konkret ko‗rinishlari, voqea va protsesslarni 
o‗xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling