7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Formalizm. Shakl va mazmunning o‗zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki 
qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi. Qadimda mazmun va shakl 
dialektikasida shakl ustun qo‗yilgan, uning yordamida narsa o‗z g‗oyasi (shakli) yoki vazifasi 
(maqsadi)ga muvofiq bo‗lgan muayyan borliq sifatida mavjud bo‗ladi, deb hisoblangan. 
Keyinchalik fanning rivojlanishi va uning falsafaga ta‘siri kuchayishi bilan mazmun va 
shaklning aloqasi haqidagi tasavvurga ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog‗lom fikr bizga shakl 
nimaningdir, ya‘ni muayyan mazmunning shakli bo‗lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hech 
qanday ahamiyat kasb etmasligini ko‗rsatadi. Shu sababli formalizm tanqidi mutlaqo o‗rinlidir. 
Masalan, san‘atda «sof shakllar» bilan o‗yin qilishga urinish shuning uchun ham 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o‗zini formalist deb hisoblovchi iste‘dodli san‘atkor asarida 
mazmun baribir mavjud bo‗ladi. Davlatni boshqarishda formalizm turlaridan biri sanalgan 
byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi. O‗z faoliyatini sof formal qoidalarga 
bo‗ysundiruvchi, sog‗lom fikrga son-sanoqsiz to‗siqlar o‗rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat 
vakolatlari birdan-bir maqsad sanalgan muayyan davlat tizimining vakili hisoblanadi. 
Formalizmning yana bir ko‗rinishi huquqning pozitivistik talqini bo‗lib, unga binoan huquq 
iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yoki o‗zgacha asoslashga muhtoj bo‗lmagan oliy asosdir. Huquqning 
mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining o‗zboshimchaligiga keng yo‗l ochadi. Natijada 
davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror topadi.
Mazmun va shakl o‘rtasidagi dialektik o‘zaro aloqa quyidagi omillar bilan 
belgilanadi.
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Amalda shaklsiz mazmun va mazmunsiz 
shakl hech qachon va hech qaerda mavjud emas. Shaklni mazmundan ajratishga, shakl mustaqil 
ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga urinishlar formalizmga olib keladi.
2. Mazmun va shaklning birligida mazmun etakchilik qiladi. Mazmunning o‗zgarishi doim 
shaklning o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. qandaydir tashqi kuch emas, balki aynan mazmun o‗zini 
shakllantiradi. Misol uchun, fanni rivojlantirish, yangi qonunlarni kashf etish, ob‘ekiv 
haqiqatlarning tagiga etish mazkur yangi qonunlar mazmunini rasmiylashtiruvchi tegishli 
yangicha tasavvurlar, formulalar, nazariyalarni talab qiladi.
3. Mazmun va shaklning birligi mazmunga nisbatan shaklning nisbatan mustaqilligi, 
faolligini nazarda tutadi. Shaklning nisbatan mustaqilligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
a) rivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hech qachon bir darajada 
turmaydi. U o‗zgaradi. Shakl ham o‗zgarishsiz qolmaydi. Ammo mazmun bilan taqqoslaganda 
shakl barqarorroq, turg‗unroqdir. Bu hol shu bilan izohlanadiki, mazmun o‗z harakatiga ega 


113 
bo‗ladi, shakl esa mazmun bilan belgilanadi. Mazmundan farqli o‗laroq, shakl hodisaning 
turg‗unroq tomoni sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o‗z mazmunidan ortda qoladi; 
b) shaklning mazmunga aks ta‘sirida. Bu ta‘sir ikki yoqlama: shakl yo mazmunning 
o‗zgarishiga ko‗maklashadi, yo unga monelik qiladi. Albatta, agar shakl mazmunning 
o‗zgarishiga muvofiq bo‗lsa, u mazmun jadal sur‘atlarda rivojlanishga zamin yaratadi. Agar 
ularning o‗rtasida ziddiyat tug‗ilsa, mazmun lozim darajada rivojlana olmaydi, chunki unga eski 
shakl xalaqit beradi. Shu sababli ertami-kechmi ziddiyatni echish vaqti keladi. Yangi mazmunga 
muvofiq yangi shakl yaratiladi. Shunday qilib, mazmun va shakl o‗rtasidagi ziddiyat narsalar va 
hodisalarning o‗zgarish, ularning boshqa narsalar va hodisalarga aylanish sabablaridan biri 
hisoblanadi.
Mazmun va shaklning birligi ularning aynanligini bildirmaydi. Ular orasida o‗zaro 
dialektik munosabat mavjudki, bu birlik bir tomondan narsa, hodisalarga xos ichki taraqqiyot 
tamoyilini bildirsa, ikkinchidan, qarama-qarshiliklarning o‗ziga xos ifodasi sifatida narsalardagi 
ziddiyatni va ziddiyatli tomonlar munosabatini anglatadi. Bunday munosabatda mazmunning 
o‗zgaruvchanligi va faol xarakterga ega ekanligi namoyon bo‗ladi. Masalan, biron-bir eski shakl 
qobig‗ida yangi mazmun vujudga keladi, natijada asta-sekin unga muvofiq shakl ham o‗zgaradi. 
Demak, ma‘lum chegaragacha shakl mazmunga mos keladi, so‗ngra esa bu muvofiqlik buziladi, 
ya‘ni yangi mazmun va yangi shakl birligiga ega bo‗lgan yangi narsa yoki hodisa paydo bo‗ladi. 
Bu tabiiy hamda ijtimoiy hodisalarning to‗xtovsiz rivojlanib, yangilanib turishida mazmun va 
shakl o‗rtasidagi munosabatning ifodasini to‗g‗ri anglash imkonini beradi. 
Mazmun bilan shakl aloqadorligidagi qonuniyat shundaki, rivojlanish jarayoni bularning 
o‗zaro muvofiqligi asosida sodir bo‗ladi. Shuning uchun ham mazmunning o‗zgarishi unga mos 
keladigan shaklning o‗zgarishiga olib keladi va har ikkalasi bir-biriga mos bo‗lib qoladi. 
Mazmun va shakl dialektikasida narsa, hodisa hamda jarayonlarning yo‗nalishidagi mazmunning 
birlamchiligi va faolligi shaklning passivligini bildirmaydi. Shakl ham o‗z imkoniyati 
chegarasida mazmunga muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatadi, rivojlanishini tezlashtiradi yoki 
sekinlashtiradi. Chunonchi, mehnat qurollari shaklining o‗zgarishi kishilar amaliy faoliyatiga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi yoki biron-bir samolyotning tezligi uning texnik qurilishiga, ayni paytda, 
tashqi shakli, qanot tuzilishiga ham bog‗liqdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda, texnika taraqqiyotida mashinalar, qurilmalar, mehnat 
qurollarining ichki va tashqi ko‗rinishlari maqsadga muvofiq shakllarda bo‗lishiga e‘tibor 
berilishining sababi ana shunda. Mazmun va shaklning umumiy muvofiqlik qonuniyatida o‗zaro 
moslikka intilish hech qachon bu borada mutlaq uyg‗unlikni anglatmaydi. Ular o‗rtasidagi 
moslikning vaqti-vaqti bilan buzilib turishi mazmun va shakl uyg‗unligidagi asosiy holatdir. 
Shaklning faolligi aniq sharoitga ko‗ra turlicha namoyon bo‗ladi. Mazmun hamisha eski shaklni 
to‗la inkor etmasdan o‗ziga muvofiqlashtirishga intiladi. Yana shu jihatini ham aytib o‗tish 
kerakki, bir mazmun bir necha shakllarda ham namoyon bo‗lishi mumkin. Mazmun va shaklning 
birlik munosabatini noto‗g‗ri tushunib, ularni bir-biridan ajratib qo‗yish, katta xato bo‗lib, aniq 
holat va vaziyatga etarli baho bera olmaslik, nazariyada aqidaparastlikka, amaliy faoliyatda esa 
shaklbozlikka olib kelishi mumkin. Bu borada mazmun va shakl birligini to‗g‗ri tushunish 
muhim ahamiyatga ega 
Mazmun va shakl olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning mavjudligini ifodalash vositasi 
bo‗lib, har ikki kategoriyaning birligi olamning aniq ko‗rinishlaridan iborat bo‗ladi. Mazmunga 
ega bo‗lmagan narsa va hodisalar bo‗lmaganidek, shaklsiz jism va jarayon ham bo‗lishi mumkin 
emas. Demak, birinchidan, olam va uning aniq ko‗rinishlari inson tafakkuriga bog‗liq bo‗lmagan 
holda mavjud bo‗lganidek, olamga xos muhim munosabat, narsalarning mavjudlik vositasi 
sifatida mazmun va shakl kategoriyalari ham mavjuddir. Ikkinchidan, voqelikdagi har bir jism, 
narsa, hodisa mazmun va shaklning birligi hamda bir butunligi tarzida, muayyan strukturaning 
yig‗indisi sifatida yuzaga keladi va mavjud bo‗ladi. Uchinchidan, olamdagi jism, voqea, 
jarayonlardan ajralgan, mustaqil mazmun va shakl bo‗lmaydi.


114 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling