7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Mohiyat va hodisa. Platon ta‘biri bilan aytganda, bilish taajjubdan boshlanadi. Amalda
taajjub inson nimanidir «ko‗rayotgani», lekin uni «tushunmayotgani» va shu bois ko‗rilgan narsaning chegarasidan chetga chiquvchi qo‗shimcha bilimga muhtoj ekanligini anglatadi. Bu bilish sari tashlangan birinchi qadam – o‗rganilayotgan obyektning dastlabki «ikkilanishi»dir: unda sezgilar darajasida idrok etiluvchi «sirtdagi» borliq (hodisa) va mazkur hodisaning ko‗zdan yashirin, uni tushunish uchun bilish zarur bo‗lgan «ichki» mohiyati farqlanadi. Bitta, yagona, yaxlit hodisaning bunday «ikkilanishi» ibtidoiy odamlar tabiatni ruhlantira boshlagan zamondayoq paydo bo‗lgan. O‗rmon ruhi (alvasti), suv ruhi (suv alvastisi) va hokazolar kuzatilayotgan hodisalar zamirida yotuvchi va ularni «boshqaruvchi» mohiyat haqidagi dastlabki, o‗ta sodda tasavvurlardir. Hodisa va mohiyat falsafiy kategoriyalarining vujudga kelishiga eltuvchi yo‗l ayni shu ibtidoiy tasavvurlardan boshlanadi. Hodisa obyektning tashqi tomoni bo‗lib, uni inson hissiy obrazlarda aks ettiriladi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‗luvchi xossalar, tomonlar yig‗indisini ifodalash uchun mo‗ljallangan kategoriya. Mohiyat – obyektning bevosita hissiy idrok etish mumkin bo‗lmagan va fikrlash yordamida anglab etiladigan ichki tomoni. Mohiyat obyektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‗ljallangan bo‗lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‗lgan qonuniyatlarini belgilaydi Hodisani bilish uchun uni kuzatish kerak. Bu hodisaning mohiyatini bilish uchun uni tushunish lozim. Hodisa haqidagi bilim uning tavsifida aks etadi. Bu hodisaning mohiyati haqidagi bilim unga berilgan izohda o‗z aksini topadi. Ilmiy bilishda hodisalarni tavsiflash empirik o‗rganishga tayanadi, ularning mohiyatini tushuntirishga esa nazariy o‗rganish yordamida erishiladi. Hodisa va mohiyat bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Ular bir-birisiz mavjud bo‗lishi mumkin emas. Har qanday hodisa o‗z mohiyatiga ega bo‗ladi, har qanday mohiyat esa muayyan hodisada namoyon bo‗ladi. Mohiyat hodisaning uni belgilovchi va tushuntiruvchi asosi sifatida amal qiladi. Ammo bu asos hodisadan sirtda emas, balki uning o‗zida mujassamlashadi. Bir-biri bilan uzviy va yagona bo‗lgan hodisa va mohiyat o‗zaro mos kelmaydi. Ularning birligi – bu qarama-qarshiliklar birligidir. Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri obyektni anglab etishning chuqurlik darajasini aks ettiradi. 105 Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig‗i barcha rang-barang va qarama- qarshi shakllarining barqaror birligidan iborat bo‗lgan predmetning ichki mazmuni sifatida tavsiflanadi. Mohiyat har qanday sistemaning asosiy jihatlari va tendentsiyalarini belgilovchi teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va ichki qonunlar majmuidir. Muayyan mohiyatsiz jism, jarayon bo‗lmaganidek, muayyan hodisada o‗z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‗lishi mumkin emas. Falsafada hodisaning ikki ma‘nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa deganda voqea, tabiat va jamiyatdagi jarayonlar tushuniladi. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog‗ishi, suv toshishi, er qimirlashi, vulqon otilishi – bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Inson tabiat hodisalarini tushunish, tushuntirishga harakat qilgan va ularning o‗z ongidagi in‘ikosi bilan amaldagi ifodasi o‗rtasida muayyan farq mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok etadigan va pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‗zgaruvchan jihatlari tavsiflaydi. Shu tariqa hodisa kategoriyasi mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy ma‘nosiga ega bo‗ladi. Ikkinchidan hodisa – mohiyatni aniqlash usuli. U, odatda, narsalar o‗zaro ta‘sirga kirishganida, mohiyat o‗zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday bo‗lsa, ko‗rsatilgan aloqalar va o‗zaro ta‘sirlar xususiyati ham shunday bo‗ladi. Masalan, yirtqich hayvon uni o‗txo‗r hayvonga aylantirishga qancha urinmasinlar, baribir yirtqich bo‗lib qoladi. Ammo u qanday muhitda va o‗z ishtahasining qaysi potentsial qurboni bilan to‗qnash kelishiga qarab, uning xulq-atvori o‗zgaradi. Ayni shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning muayyan ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi. Haqiqiylik mezoniga javob beruvchi bilimni olish bilishning muhim vazifasidir. Bunday bilim o‗rganilayotgan narsaning mohiyatiga kirish demakdir. Mohiyatni bilish rivojlanishning asosiy jihatlari va tendentsiyalarini belgilaydigan teran aloqalar, munosabatlar va qonunlarni aniqlashni nazarda tutadi. Tabiatning mohiyati cheksiz-chegarasiz bo‗lgani bois, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. Mohiyat tushunchasi bilishni to‗liq, mukammal bilimga erishishga yo‗naltiruvchi tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish usulini ko‗rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi. O‗rganilayotgan obyekt o‗zi uchun g‗ayrioddiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o‗z shakllanishi va faoliyatining ilgari noma‘lum bo‗lgan qonunlarini kashf etishi tasodifiy bir hol emas. Har qanday konkret hodisa «bu erda» va «hozir», ya‘ni shu vaqtda va shu joyda mavjud bo‗lgan qandaydir yakkalikdir. Mohiyat esa turli vaqtda va turli joylarda mavjud bo‗lgan hodisalarda bir xil bo‗lgan umumiylikdir. Turli hodisalar to‗plami ayni bir mohiyatga ega bo‗lishi mumkin. Yakka va umumiyning o‗zaro nisbati nominalizm va realizm o‗rtasida ko‗p asrlik bahs predmeti hisoblanadi. Nominalizm (lot. nomen – nom) nuqtai nazari: amalda yakka narsalargina mavjud, umumiylik esa amalda mavjud emas. Narsalarning ayrim to‗plami uchun faqat ularga berilgan nom (so‗z) umumiy bo‗lishi mumkin, ya‘ni umumiylik bizning fikrimizdagina mavjud. Realizm nuqtai nazari: yakka narsalar («bu stul», «bu uchburchak») bilan bir qatorda ayrim umumiy mohiyatlar («umuman stul», «umuman uchburchak») ham amalda mavjud; ya‘ni umumiy tushunchalar (universaliyalar) – bu amalda «o‗z holicha» mavjud bo‗lgan alohida predmetlar. Nominalistlar va realistlar o‗rtasidagi bahsning echimi hodisa (ya‘ni yakkalik) va mohiyat (ya‘ni umumiylik)ning birligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqadi. Yakka narsalar ham, umumiy narsalar ham amalda mavjud (bu erda realistlar ma‘lum ma‘noda haq). Ammo yakka narsadan sirtda, undan alohida holda biron-bir umumiy mohiyat amalda mavjud emas (bu ma‘noda nominalistlarning gapida ham jon bor). Umumiylik (mohiyat) yakkalik (hodisa)da mavjud bo‗ladi va u bilan uzviydir. 106 Hodisa o‗zgaruvchan va beqarordir; u ko‗p sonli rang-barang jihatlar va xususiyatlardan iborat bo‗lib, ular hodisaning mohiyati bilangina emas, balki uning mavjudlik sharoiti bilan ham belgilanadi. Mohiyat esa, aksincha, barqaror va o‗zgarmasdir; u sharoitga qarab turlicha namoyon bo‗lgan holda, ayni vaqtda o‗zgarishsiz qolishi mumkin. Hodisa to‗laligicha o‗z mohiyati bilan belgilanmaydi, u hamisha o‗z mohiyatidan «boyroq». Mohiyat hodisalar «yuzasida» yotmaydi, unga etguncha ancha zahmat chekish talab etiladi. Borliqni bilish jarayonida odatda avval hodisalar kuzatiladi, so‗ngra mazkur ma‘lumotlar ustida mulohaza yuritish yo‗li bilan ularning mohiyati aniqlanadi. Ammo bu mohiyat ham o‗zini asoslash va tushuntirishni talab qiladi. Shu sababli inson tafakkuri yanada ilgariroq, yanada chuqurroq mohiyati sari harakatlanadi va h.k. Fan tarixida osmonda kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga berilgan izoh qay darajada chuqurlashib borganini misol tariqasida ko‗rib chiqamiz (chizmaga qarang). Shunday qilib, bilish jarayonida obyekt hodisa va mohiyatga «ikkilanadiUnda bu ikki qarama-qarshi tomondan boshqa hech narsa mavjud emas. Ammo ularning har biri «rang- baranglikning birligi» (mazmun jihatidan obyektdan «qashshoqroq» bo‗lsa ham) va, o‗z navbatida, alohida tahlil qilinishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling