7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Yakkalik va umumiylik dialektikasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiylik. «Xususiylik» yakkalik va Yakkalik va umumiylik.
Yakkalik va umumiylik dialektikasi. Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va
hodisalarining dialektik birligini va ularning o‗rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Xususan, «yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo‗lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‗rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‗lgan ayniylikdir. Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‗lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo‗ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki hodisa qarama- qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‗zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to‗liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o‗z mohiyatiga ko‗ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi. Xususiylik. «Xususiylik» yakkalik va Yakkalik va umumiylik. Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va hodisalarining dialektik birligini va ularning o‗rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Yakkalik va umumiylikni bog‗lovchi halqa xususiylikdir. U yakkalik va umumiylikning o‗zaro aloqadorligi bilan bog‗liq mazmunini anglatadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‗lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‗lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‗z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‗ynaydi. Masalan: vodorod yakkalik, gaz — xususiylik, ximiyaviy element — umumiylikni ifodalaydi. Yakkalik, xususiylik, umumiylik o‗rtasidagi munosabat dialektik xarakterga ega bo‗lib, ularning tafovuti nisbiydir. Dunyoda va bilish jarayonida mazkur tushunchalar aniq shart-sharoitga ko‗ra, bir-biriga o‗tishi, o‗rin almashishi ham mumkin. Ammo falsafada boshqa qator eng umumiy tushunchalar ham borki, ular nihoyatda keng mazmunni ifodalaganligi sababli xususiylik jihatini yo‗qotmasligi mumkin. Masalan, "harakat", "makon", "zamon" va h.k. Yakkalik, xususiylik va umumiylik voqelikdagi aniq, narsa, hodisa, jarayonlar orqali mavjuddir. Olamdan ajralgan alohida yoki umumiy tushuncha bo‗lishini tasavvur qilish qiyin. Mazkur kategoriyalar o‗rtasidagi o‗zaro munosabat masalasini faylasuflar turlicha izohlaganlar. G.Gegelь fikricha, umumiylik aniq narsalarga bog‗liq bo‗lmagan holda, qandaydir, mustaqil shaklda mavjud bo‗lib, alohidalikdan avval vujudga keladi va uni belgilaydi. J. Lokk "Umumiylik va universallik haqiqatan mavjud narsalarga mansub emas, balki uni aql-idrok o‗z iste‘moli uchun ixtiro qilgan va yaratgandir hamda belgilar, so‗zlar yoki ideyalargagina taalluqlidir"— degan fikrni ilgari surgan edi. Umumiylikni ayrimlikdan ajratib, uni voqelikda mavjud bo‗lmaydigan narsalarni ifodalaydi, degan nominalistik ta‘limot ham mavjud. Bu hozirgi zamon falsafasining Cheyz, Uelpol, Keyzer kabi namoyandalari ijodida uchraydi. Aslida esa yakkalik xususiylik va umumiylik obyektiv hamda subyektiv xususiyatga ega ekanligini e‘tirof etish ular o‗zaro aloqadorlikda mavjud bo‗ladi, degan qoidaga asoslanadi. Yakkalik umumiylikka nisbatan mazmunan boy bo‗lib, o‗zida umumiylikka xos belgilardan tashqari yana muayyan belgilarni ham ifodalaydi. Umumiylik esa yakkalikning muhim, asosiy ichki belgisi, munosabatlarini ko‗rsatadi. Yakkalik va umumiylik olam taraqqiyotining bosqichlari va ifodalanish shakllari sifatida ichki aloqadorlik munosabatida namoyon bo‗ladi. Yakkalik umumiyliksiz yashashi mumkin bo‗lmaganidek, umumiylik ham yakkaliksiz mavjud bo‗lmaydi. Demak, olamdagi har bir aniq narsa, hodisa, umumiylik, xususiylik va yakkalikning birligi sifatida mavjud hamda namoyon bo‗ladi. Ushbu kategoriyalarning mohiyatini va ularning o‗zaro bog‗liqligini ilmiy asosda tushunish fan, amaliyot uchun nihoyatda muhimdir. Mazkur kategoriyalar bilish jarayonining bosqichlari sifatida ham namoyon bo‗ladi. Іissiy bilish (alohidalik) va abstrakt mantiqiy bilish (umumiylik) o‗rtasidagi aloqadorlik bilishning 104 oddiy, alohida shaklidan umumiylikka qarab borishini ko‗rsatadi va ushbu jarayonni to‗g‗ri tushunishga imkon yaratadi. Masalan, vrach bemorni davolashga kirishishdan avval undagi kasallikning belgilari (yakkalik)ni o‗rganadi, bu belgilardan qaysi biri qanday kasalliklarga taalluqli ekanligini (xususiylik) ayni vaziyatda ulardan qaysi biri muhim, ichki qonuniyat (umumiylik) ekanligini aniqlagach, mazkur kasallikni davolashga kirishadi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni to‗g‗ri tushunish narsa, hodisalarning muhim belgilarini ochish orqali amalga oshadi. Bu kategoriyalar rivojlanishning asosiy yo‗l va yo‗nalishlarini belgilab olish, voqelikning muayyan jihati haqida ilmiy xulosalar chiqarish uchun imkon beradi. Chunonchi, D.I.Mendeleev kimyoviy elementlarga xos eng umumiy xususiyatlarni tadqiq etib, davriy sistemaga kirmagan to‗rtta element mavjudligini ilgaridan aytgan edi. Keyinchalik bu ilmiy bashorat fan tomonidan isbotlanadi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari o‗rtasidagi o‗zaro birlik tabiat hamda ijtimoiy hayotning taraqqiyot tendentsiyasini anglashda, turli voqealar sistemasida yangilikni ajrata olish va unga yo‗l ochishda muhim ahamiyatga ega. Іayotda har qanday yangilik, yangi tashabbus va harakatlar, yangicha odat va an‘analar, dastavval, yakkalik tarzida vujudga keladi, so‗ngra xalq nazaridan o‗tib, mustahkamlanib, o‗ziga yo‗l ochadi. Mustaqillikni mustahkamlash uchun faollar harakati xuddi shu tariqa vujudga keldi hamda ommaviy harakat tarzida umumiylikka aylana boshladi. Demak, yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari olamda amal qiluvchi qonuniy jarayon hamda mazkur jarayonning inson tafakkuridagi in‘ikosi bo‗lib, u olamga xos yashash va rivojlanish jarayonining muhim tomonlaridan birini to‗g‗ri tushunishga imkoniyat yaratadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling