7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Download 0,61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Mazmun va shakl. Aristotelь fikricha umumiy ontologiya xududiy va rasmiy,
shuningdek, material ontologiyaga qarshi. Rasmiy ontolotiya na xududiy, na material ontologiyaga o‗xshaydi. U o‗ziga xos jihatlarni o‗rganishi mumkin, ammo mavhum va aniq jihatlarini o‗rganolmaydi. U nimani anglatadi ? Hozir biz rasmiy va material ontologiyani masala va tizimligiga ko‗ra muhokama qilib ularni bir-biridan ajratamiz. Aristotelь va I.Kantning qarashlari mavjud bo‗lib, bu ikki an‘anaviy konseptsiya bir- biridan masala va tizimligi jihatidan farq qiladi. Biz bu bo‗limda Aristotelь fikrlarini o‗rganib chiqamiz. Keyingi bo‗limda I.Kantning fikrlari bilan tanishamiz. Aristotelь tuzilish va masalalar o‗rtasidagi farqni o‗zining harakat va o‗zgartirishlarga nisbatan munosabatida yoritib bergan. U o‗zining fizikasida voqea hodisalarni aniq narsalarning paydo bo‗lishi ularning davom etishi bilan xarakterlaydi. Bu fanning echimi vaqt o‗tishi bilan ochilib boradi. Ammo tafovut o‗zining asosli emasligini, organizm o‗z ko‗rinishini o‗zgartirishi mumkin, misol uchun, ko‗payish va kamayish hali shakllangan organizm emas. Bu holatda u organizm emas. Shundan beri barcha narsa masalani o‗zgarishiga sabab bo‗lmaydi. Aristotel imkon qadar vaziyatni o‗zgartirishi mumkin bo‗lgan holatni his etish haqida fikr bildirgan. Bu olib qaralayotgan vaziyat bilan bog‗liq emas, uni o‗zgartirmaydi, lekin barcha voqea hodisa , narsalar uni o‗zgartirishi mumkin. U masalaning miqdorini to‗ldiradi. Keyinchalik, Aristotel an‘anaviy masalalari bo‗yicha materiallarning individual kamayishini ishlab chiqdi va tanitdi. Bu shuni anglatadiki, narsaning ahamiyatliligi uni «anavi» narsadan «bunga» aylantiradi. Hattoki narsalar bir xil qiymatlikka va o‗xshash shaklga ega bo‗lsalarda ular bir-biridan ahamiyatlilik turiga qarab sezilar sezilmas farq qiladi. Bu narsa bizni yuqorida xususiy hollariga nisbatan keltirilgan qarashlariga olib boradi. Aniq narsalar ular ahamiyatli deb hisoblangan oraliq davrida xususiy holda bo‗dishi uchun ular takrorlanmas makon va zamonda mavjud bo‗lishi va shuning uchun , biz ma‘lum bir narsalarga uning xususiyat hollarida shu erda va hozir iboralarini ishlatib e‘tirof etishimiz mumkin. Agar aniq bir narsaga taqdimot vositasida e‘tibor bersak u narsa umumiy ko‗rinish nuqtai nazaridan tavsiflanmaydi. Balki uni ahamiyatigagina e‘tibor qaratildi. Mos ravishda bu taqdimot so‗zlarini norasmiy ko‗rinishdagi jarayon elementlariga kiritishimiz mumkin. Bu materiallikdir. Rasmiy ontologiya ahamiyatliligiga e‘tibor bermaydi. Lekin nima uchun taqdimot iboralaridan foydalana olmaydi? U erda bo‗lgandan ko‗ra erda bo‗lish barvaqtroq bo‗lishi albatta bu bir obektning asosiy xususiyati hisoblanadi. Bizning dunyomizdagi narsalar umumiy olganda shu erda, bu erda, yoki keyin. Shuning har qanday mustaqil rasmiy ontologiya vaqt va makonda mavjudligini qo‗llamoqligi lozim. Ammo ikki makon orasidagi fazoviy farqni aniqlashimiz uchun biz tasviriy vositalardan foydalanamiz: bulardan biri «bu erda» iborasi (yoki u va anavi makonlarning shu erda daxldorligini ifodalovchi), boshqasi esa «anavi erda»dir. Shu nuqtai nazardan, Aristotelь ikkinchi konseptsiyasi ham, ya‘ni siniq narsalarning individuallashuvining asosiy printsipi – bu uning ahamiyatliligini tasdiqlovchi fakt ham, rasmiy ontologiyani chegaralashga kelganda foyda bermaydi. Bundan ko‗rinadiki, rasmiy ontologiya tasviriy ifodalardan ko‗proq foydalanishi shart. Lekin ko‗rib turganimizdak, bu biz bilgan vaziyat emas. Rasmiya ontologiya obyektlarga tasviriy ifodalarni o‗zida jamlovchi xulosalar vositasida yondashmaydi. Biroq, ontologiya vaqt va makonga nisbatan xavolalarni o‗z ichiga olishi shart ekanligini aslida iloji bormi ? shu tartibda, biz obyektlarni aniqlash uchun tasviriy ifodalardan foydalanuvchi ontologiya va ifodalarning o‗zini aks ettiruvchi ontologiya o‗rtasidagi farqni ko‗rishimiz mumkin. Bu tavsif I.Kantga tegishlidir. Biz I.Kantning nazariyasinin batafsil keyingi qismda tushuntirib berib, 109 uning ko‗p jihatdan Aristotelь nazariyasidan, shakl va ma‘no kontrastini inobatga olgan holda, farqli tomonlarini ko‗rsatib beramiz. I.Kant. Biz shu paytgacha shakl va ma‘no orasidagi farqni qamrab olishga ko‗maklashuvchi «forma» tushunchasini izlar ekanmiz, I.Kantning nazariyasi bunga bir echim beradi. I.Kantning yozishicha shakl va ma‘no nazariyasi – bu «aks nazariyadir», ya‘ni ular fikrli xulosalarimizda qo‗llanilishi ma‘qulroqdir. I.Kantning o‗zi ta‘kidlaganidek, taqdim qilinganlarning turli (bilimlarimizning) manbaiga va turkumlariga bog‗langanligi fikrli xulosalarni taqdim etadi. Yana ham aniqroq aytganda, qanday qilib tuyg‗ularimiz vositasida olgan taassurotlarimiz, tushuncha va ilmlarimiz o‗sha turkumlarga bog‗langan holda ularni mavjud qiladi. Agar shakl va ma‘no aks nazariyasi bo‗lsa, ular xulosa davrida tezkor, hattoki eksklyuziv aniqlash nazariyasi bo‗lib, unga ko‗ra yuqorida ta‘kidlangan tasvirlar, tushuncha va ilmlar turkumlarga bog‗langan holda ularni namoyon etadi. I.Kantning fikricha, biz ikki turdagi ilmning manbaini birlashtirgan holda dunyo to‗g‗risidagi bilimga ega bo‗lamiz. Birinchi manbani Kant intuitsiya deb atagan, ya‘ni aniq va muayyan obyektlarni ongimizga etkazib berish qobiliyatidir. Lekin, intuitsiya yakka holda ilm uchun etarli emas. Kant ta‘kidlashicha mazmunsiz fikrlar bo‗shliqdir va nazariyasiz intuitsiyalar ko‗pdir. Shuningdek, har bir intuitsiya I.Kant atagan xulosalardan, ya‘ni «mavjudlik», «birlik», «moddiylik» yoki «sabab» kabi tushunchalardan to‗ldirilgan bo‗lishi lozim. Mazkur nazariya ostida taqdimotlarni keltirib, bularni tushunish orqali subyektiv taqdimotni real obyektning obyektiv taassurotga aylantiramiz. Misol uchun, tizginli bog‗liqlik nazariyasiga ko‗ra bog‗langan takrorlanuvchi vizual taassurotlar tartibi uni odatiy jarayonlar protsessi taassurotiga aylantiradi. Kant fikriga ko‗ra barcha emperik obyektlar ilmi aynan shu tartibda ishlashi shart, shuning uchun aynan u (Kant) nafaqat bizning insoniy fikrlash qobiliyatimiz haqida so‗zlamoqda, balki emperik obyektlarni his qilish uchun kerak bo‗ladigan istalgan ratsional tushunchalar borasida so‗zlagan. Biz tasavvurimizdagi, nomi bilan aytadigan bo‗lsak, moddiy mazmun va rasmiy mazmunlarni I.Kant qanday ajrata bilganligiga qiziqdik. Mazkur ilmlar o‗rtasidagi farqlar , ya‘ni intuitsiya va tushunish, ayni shu farqqa mos kelavermaydi. Alohida qo‗yganimizda, moddiy mazmun Kant aytib o‗tgan emperik mazmunga mos kelmaydi. Tasavvurning emperik mazmuni hissiy tushuncha yoki boshqa intuitsiya bilan ta‘minlangan va shuning uchun ayrim turdagi konkret obyektlarning taqdimotidan tarkib topadi. Lekin shuni ko‗ra bilish kerakki, I.Kant fikriga ko‗ra taassurotning rasmiy mazmuni, o‗z o‗rnida, eksklyuziv ravishda bizning tushunchamiz bilan ta‘minlangan( ya‘ni, barcha emperik mazmun moddiy emasligini ifodalaydi). Bundan tashqari,qachonki intuitsiya bilan ta‘minlab tursada, u allaqachon o‗zining shakliga egadir. Kantning fikriga ko‗ra, intuitsiyaning sof shakli – bu makon va zamondir. I.Kantning rasmiy va moddiy mazmunni farqlashini quyidagicha izohlash mumkin. Istalgan buyum to‗g‗risida ma‘lum bilimga ega bo‗lish uchun, avvalo shu buyumga daxldorlikni aniqlab olishimiz kerak. Misol uchun, bo‗rsiqlar qanday yashashini bilish uchun, avvalo ularni joylashtirishmiz, keyin esa tadqiq etishimiz kerak. Bu holatda, bo‗rsiqlarning ma‘lum xususiyatlarini o‗rganib ularga baho beramiz. Natijada esa, ularning ayni xususiyatlarini bilganimiz ayni biz qilgan yangilik (ixtiro) emas. Shuningdek, biz ma‘lum bir xususiyatlardan kelib chiqib obyektni aniqlashimiz, aslida o‗sha obyekt o‗zida nima bor yoki yo‗qligini ko‗rsata olmaydi. Biz bo‗rsiqlar daraxtlarni kemirishini bilamiz, lekin bo‗rsiqlar bo‗rsiqlarni emas. Yana bir bora, «bu erda ilgari turgan stol» tavsifiga javob beruvchi har qanday narsa bu erda ilgari turgan stolning aynan o‗zini bildiradi. Agar biz bir obyektga uning zamon va makondagi joylashuv o‗rniga muvofiq murojaat etsak, biz u o‗sha o‗rniga ega ekanligini yoki ega emasligini aniqlay olmay qolamiz. Shu ma‘noda, biz savolda keltirilgan obyekt rostdan ham mavjud bo‗lsa, u o‗sha o‗rinda bo‗lganligini avvaldan bilib boramiz. Mazkur xususiy holatlar, ya‘ni empirik obyektlarning ayni bir makon va zamonda joylashgan ma‘lum bir o‗rni haqida biz o‗z tajribamizdan kelib chiqib bila olmaymiz. Aksincha 110 I.Kantning fikriga biz shu turdagi obyektlar to‗g‗risida tajribaga ega bo‗lishdan oldin buni bilib olamiz, zero biz emperik obyektlar to‗g‗risida tajribaga ega bo‗lishimiz uchun ham buni bilishimiz shart. Kantning yozishicha bizlarga berilgan barcha fenomenlar predmeti pasteriordir; onggimizda ular uchun shay holatda prior joylashgan bo‗lmog‗i va pirovardida barcha sezgi belgilaridan ajralgan holda, yakka talqin qilinmog‗i lozim. (Kant, 1781,V34) intuitsiya shakllari makon va vaqtdir va shu bilan birga empirik obyektlar fazoviy o‗rinlarni egallaganliklarini hissiyotlarimiz orqali o‗rgana olmas ekanmiz. Demak aynan zamon va makon bilan shug‗ullanuvchi rasmiy o‗quv metodikalari mavjuddir. Empirik buyumning rasmiy mazmuni shundan iboratki, ya‘ni yuqarida tavsiflangan prior mazmundan kelib chiqadi va bunda o‗sha obyektni tadqiq etishimiz hamda tasvirlashimizdan oldin aniqlab beruvchi virtuoz shakllar vasitasidan faydalaniladi. Biz biror empirik obyektni nazarda tutganimizda hamda u ayni bir rang va vaznga ega ekanligini tasdiqlaganimizga, doimo prior – bu o‗sha obyektning joylashgan makon va zamoni bo‗lsa , posteriori bu ma‘lum rang va vaznga ega ekanligini bilishimizdan iborat bo‗ladi. Shunday ekan obyektning qay darajada ahamiyatlilik nuqtai nazaridan yondashishimizdan kelib chiqib o‗sha obyekt vaqt va makonda joylashgan bo‗ladi va shuning uchun, bizning taassurotimizning rasmiy mazmuniga tegishli bo‗ladi. Empirik buyum to‗g‗risidagi taassurotimizning moddiy mazmuni shaxsiy malakamiz davomida jamlaydigan ma‘lumotlarimiz bo‗lib, u shuning uchun ham maxsus rang va vaznga ega bo‗ladi. Shu paytgacha, biz berilgan jismni qanday aniqlaganimizdan kelib chiquvchi yo‗lga to‗liq bog‗langan deb taassurotlarimizning moddiy va ma‘naviy farqlari ko‗rsatib berildi. Biz yumronqoziqni deb biror misol keltirishimiz, keyin bu bo‗rsiq ekanini aniqlab qolishimiz mumkin, yoki aksincha bo‗rsiq deb ataganimiz yumronqoziq bo‗lishishi mumkin. Shu jumladan, Janubiy Qutbda joylashgan jismga prior sifatida munosabatda bo‗lishimiz va keyin uning oq rangda ekanini bilishimiz, yoki oq rangdaligi uchun buyumga prior deb qarashimiz va keyin Janubiy qutbdan ekanligini bilishimiz mumkin. Ko‗rinib turganidek barchasi qaysi biri prior va qaysi biri posterior ekanligi o‗zimizga bog‗liq, ya‘ni qaysi ma‘lumotni prior va qaysinisi posterior bilishimizdan kelib chiqadi. Agar shu haqiqat bo‗lsa, biz istalgan taassurotning rasmiy mazmunini biz boshqa taassurotning moddiy mazmuniga aylantira olamiz. Lekin garchi ba‘zi turdagi taassurotlarga mumkin bo‗lsada, aslida , buning har doim ham iloji mavjud emas, zero obyektni aniqlashamiz uchun ba‘zida o‗sha obyektning xususiyatlarini chamalaymiz. Misol uchun, fizik jismni aniqlashimiz uchun eng yaxshi umumiy va bazaviy yo‗l fazoviy joylashuvi bo‗lsa , eng umumiy bosqichga aprior bilimni aniqlab olamiz. Biz biror buyumga oq rang sifatida, o‗sha buyumning aslida qay davrda joylashganini bilib keyin qabul qilishimiz mumkin. Biz Alyaskadagi oq buyumning hozirda qaerda joylashganini so‗raganimizda o‗sha buyum Shimoliy Qutbda joylashgan deb javob olishimiz mumkin. Har qanday holatda ham, biz buyumni fazoviy joylashuvidan kelib chiqib obyektni aniqlaymiz, shuning uchun ixtiyoriy obyektning xususiyatini yoki o‗zini aniqlashdan oldin uning joylashgan zamoni va makoni to‗g‗risida bilishga majburmiz. Shunday bo‗lsada , ba‘zida obyektlarning fazo va zamonda ekanligini bilsakda, aslida ularni taassurotlarimiz orqali ifoda, ya‘ni anglashimizni bildirmaydi. Fizik buyum to‗g‗risida biror narsani bilish uchun avvalo o‗sha jismni biror va makonga joylashtirishimiz mumkin. Shuning uchun biz buyum fazo va vaqtni joylashganini kuzatish orqali bilib ololmaymiz. Shu ma‘nodan kelib chiqib, aytish mumkinki, barcha narsalar fazo va vaqtda formasidan kelib chiqib shaklga kiradi, bu fazo va vaqt bizga ko‗rsatilgan emas, valki biz tomonimizda joriy qilingan. Bundan kelib chiqib, intuitsiya formalaridan (fazo va vaqt), Kant ta‘kidlaganidek, tashqari bizning ongimiz joriy etadigan priorlar ham mavjud. Misol uchun, qachonki xulosamizda tasvirni birlashtirsak, ularni 3 ta yo‗l bilan birlashtiramiz: yoki ulardan biri boshqasining xususiyatlarini bildiradi, yoki biri boshqasiga sabab bo‗ladi, yoki ikkisi ham alohida va mustaqil tarkib birliklardir. Har bir vaziyatga ham , biz priorlarning nazariyasini, 111 borliqda ular narsalarni ifadalash uchun jamlaydigan, tasvirlarimiz uchun qo‗llaymiz. E‘tibor bering biz 2 tasvirni birlashtirganimizda, misol uchun, sabab va natija sifatida, xato qilishimiz mumkin. Sabab va natija nazariyasidan faydalanganimimz biz aynan o‗sha obyektga murojaat etayotganimizni bildirmaydi. Balki obyektga murojaat etishimiz uchun aynan shu nazariya ostida 2 tasvirni birlashtirishimiz mumkindir, lukin u erda bu kabi obyekt bo‗lmaydi. Bunda biz prior nazariyasini bekorga ifodalagan bo‗lamiz. Bizning tasavvurimiz o‗zida tasavvurning barcha obektlarini keltirgan umumiy farmadan iborat bo‗lsa ham biz ruallikni ko‗rdik degani emas. Bu Kantning mashhur «aldamchi nazariyasi»dir. Mazmun va shakl olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning dialektikasini o‗rganishda, ular o‗rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda muhim o‗rin tutadigan kategoriyalardir. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o‗rganilgan. Uyg‗unlik, go‗zallik, mutanosiblik tuyg‗usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‗lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‗zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‗oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotelь g‗oya, ya‘ni shaklni materiya bilan uzviy deb hisoblagan. Qadimgi Yunonistonda mazmun va shakl muammosi qo‗yilgan bo‗lsa, keyingi ming yillikda bu muammoni turli yo‗nalish mutafakkirlari echishga harakat qildi. Mazmun. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‗zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‗rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir- birini istisno etmaydi, balki bir-birini to‗ldiradi. Mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendentsiyalarning yig‗indisi. Mazmun muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning o‗ziga xos sifati, xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarining yig‗indisini anglatsa, shakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni moddiyligi va harakatda ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni uning tarkibidagi 30 dan ortiq manfiy, musbat va nolь zaryadli elementar zarralar, ularning rezonanslari, elektron maydon kabilarning shunchaki mexanik birligidangina iborat emas. Ayni paytda, ularning harakati muayyan maydonlar orqali bir-biriga ta‘sir va aks ta‘sir ko‗rsatishini ham bildiradi. Atomning shakli uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va maydon orasidagi munosabat asosida yuzaga keluvchi aloqalar, aloqaning xususiyati bilan belgilanadi. Shuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali g‗oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi, tili hamda hikoya, roman va shu kabilar tarzida ifodalanadi. Shakl. Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi. Shakl – bu narsalar va jarayonlarning mazmunini belgilovchi tomonlar, xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu elementlar o‗rtasidagi barqaror ichki aloqalarni uyushtirishning unga yaxlitlik sifatida namoyon bo‗lishi va o‗ziga xos bo‗lgan barcha funktsiyalarni bajarish imkonini beruvchi usuli. Shakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo‗lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang‗ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. Shakl- tabiiy kuch sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o‗simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. Shakl-jismdan konkret narsa va predmet hosil bo‗lishidir. Shakl-jismlarning alohida xususiyati bo‗lib, konkret yashash tarzini belgilaydi. Shakl umumiy nom bo‗lib, narsa turini, narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligi va o‗rinli aktuallanishini bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‗rin egallaydi. Masalan,olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‗tadi. Shakl tufayli jism jism bo‗la oladi. Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta‘riflarning o‗zidayoq biz ularning o‗xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham 112 zaruriy komponenti. Shu sababli mazmunni shakldan faqat abstrakt nuqtai nazardangina ajratish mumkin. Ikki o‗xshash mazmunni taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi. Nafaqat mazmun «shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. Shu sababli ayni bir jihat, element bir vaqtning o‗zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham bo‗lishi mumkin. Mazmun va shaklning dialektikasi xususida xulosa chiqarishga shoshilish yaramaydi. Zero narsa shaklsiz ham mavjud bo‗lmaydi. Shuningdek, shakl mazmunga faol ta‘sir ko‗rsatadi, narsaga unda mavjud bo‗lmagan xossalarni baxsh etadi. Misol uchun, ko‗mir, grafit va olmosni olaylik. Ularning farqi – faqat molekula strukturasida, ya‘ni shaklda. Ammo hech kim bu moddalarni bir-biriga o‗xshatmaydi. Xullas, shakl mazmunga faol ta‘sir ko‗rsatib, yo uni takomillashtiradi, yo o‗zini to‗la namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko‗plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl mazmundan o‗zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo‗ladi. Shu sababli shakl va mazmunning uzluksizligi ularning birligi to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi. Bunda har bir muayyan holda yo shakl, yo mazmun ustunlik qilishi mumkin. Shakl va mazmunning nomuvofiqligi yoki qarama-qarshiligi yuzaga kelishiga sabab bo‗ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har qanday hodisasi o‗zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi. Download 0,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling