7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)



101 
7 -MAVZU. FALSAFIY KATEGORIYALAR 
«Kategoriya» atamasi yunon tilida «aytmoq» degan ma‘noni bildiradi. Falsafaga uni 
Aristotel kiritgan edi. Unga qadar «Kategoriya» (lotincha «predikat») bo‗lib, u gapning mantiqiy 
egasi degan ma‘noni bildirgan va predmetning xossalarini ifodalashga xizmat qiladigan 
tushuncha hisoblangan. Aristotel ta‘limotida kategoriya borliqning asosiy xususiyatlarini 
ifodalash uchun xizmat qiladigan tushunchalarga nisbatan qo‗llanadi, ya‘ni u fundamental 
falsafiy tushuncha ma‘nosida ishlatiladi.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va 
hodisalarining dialektik birligini va ularning o‗rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Kundalik hayotda 
biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‗p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga 
ba‘zan oydek ravshan bo‗lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet 
yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch 
kelamiz. Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo‗lishi mumkin: 
- Umringda hech qushni ko‗rganmisan? 
- Ha, ko‗rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko‗rmagansan. Sen 
faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‗rgansan.
Sog‗lom fikr kanareykada qushni ko‗rgan bola u hech qachon qushni ko‗rmaganini 
aytayotgan boladan ko‗proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, 
daraxtini ko‗rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‗z 
tajribamizda ko‗rganimiz hech qanday shubha uyg‗otmaydi. Umumiy tushunchalar amalda 
obyektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg‗in munozaralarga sabab bo‗lgan. 
Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O‗rta asrlardan beri davom etib keladi. 
Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki 
umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki 
hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. 
Xo‗sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday echilmoqda.  

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling